Mashhur hind yozuvchisi Rangeya Ragxavning ushbu romanida past tabaqadagi ezilgan va xo‘rlangan kishilarning o‘z insoniy qadr-qimmati uchun olib borgan kurashi tasvirlanadi. Shu bilan birga erksevar hind xalqining milliy mustaqillik yo‘lidagi kurashlari yorqin bo‘yoqlarda chizilgan.
Asarda Sukxram, Pyari, Kajri hamda sevishganlar Chanda bilan Nareshlarning ayanchli qismatlari keng planda yoritib berilgan.