Mark Tven. Yanki va qirol Artur (roman)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asl ism-sharifi Semuyel Lengxorn Klemens bo‘lgan amerikalik yozuvchi, jahon adabiyotining yirik namoyandasi. O‘spirinlik va yigitlik yillarida darbadarlikda kun kechirgan, turli kasblar bilan shug‘ullanib, tirikchilik o‘tkazgan, keyinchalik gazeta tahririyatlarida ishlagan.Folklor syujeti asosida yozilgan «Kalaverasdan chiqqan mashhur sakrovchi qurbaqa» asari (1865)da soddadil amerikaliklarning hazil-mutoyibasi va hayoti tasvirlangan. 1867 yilda Yevropa va Falastin bo‘ylab sayohat qilgan. «Chet ellardagi soddadil kishilar» (1869) yumoristik ocherklar, «Toblanganlar» (1872) ocherklar kitoblariga kirgan asarlar ana shu sayohatlar taassurotlari asosida maydonga kelgan.«Zarhal asr» (1873, Ch. Uorner bilan hamkorlikda) romani moliyaviy-siyosiy korrupsiya haqida, «Yaltiroq asr» (1874) satirik romanida esa jamiyat illatlari hajv etiladi. Yumoristik va satirik yo‘sinda yozilgan «Eski va yangi hikoyalar» (1875), «Tennesidagi jurnalistika» (1869), «Meni gubernatorlikka qanday saylashgani» (1870), «Qishloq xo‘jaligi gazetasiga qanday muharrirlik qildim» (1870) singari to‘plamlariga kirgan asarlarida Amerika xayotining turli qirralari tasvirlangan.«Geklberri Finning boshidan kechirganlari» (1884) romanida amerikacha hayotning yetuk ijtimoiy tanqidi, muruvvat va iltifotning manfaatparastlik va shafqatsizlik bilan yonmayon mavjudligi ko‘zga tashlansa, «Qirol Artur saroyidagi konnektikutlik yankilar» (1889) qissasida ijtimoiy qarama-qarshilik dunyosi krralanadi. «Missisipidagi eski davrlar» (1875), «Missisipidagi hayot» (1883) kitoblari, «Shahzoda va gado» (1882), «Ovsar Vilson» (1894), «Tom Soyer chet elda» (1894), «Tom Soyer — josus» (1897), «Sirli notanish odam» (1916) kabi roman va qissalar muallifi.Yozuvchining 1895 yildagi jahon bo‘ylab sayohati «Ekvator bo‘ylab» (1897) kitobida, shuningdek, pamfletlar turkumi, shu jumladan «Qorong‘ida o‘tirgan odamga» (1901), «Harbiy ibodat» (1923 yilda nashr etilgan) asarlarida aks etgan.Bolalarga atab yozilgan asarlari bolalar adabiyotining mumtoz namunalari sanaladi («Tom Soyerning boshidan kechirganlari», 1876 va b.). «Tom Soyerning boshidan kechirganlari» asari (A. Pirnazarov tarjimasi) o‘zbek tilida bir necha bor nashr etilgan. Shuningdek, «Geklberri Finning boshidan kechirganlari», «Hikoya va pamfletlar» (1959), «Shahzoda va gado» (1962) va boshqa asarlari xam o‘zbek tiliga tarjima qilingan, maktab darsliklariga kiritilgan.Rahmatulla Inomov
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Chog‘roqqina, ammo juda go‘zal surat chizgan bir rassom uni oynada aks etadigan tarzda osib qo‘yishga qaror qildi.— Suratni oynada ko‘rsangiz,— dedi rassom,— unda miqyosi chuqurlashadi, bo‘yoqlari muloyimlashadi. Meningcha, surat anchagina latiflashadi.O‘rmonda yashovchi hayvonlarga bularning hammasi to‘g‘risida xonaki mushuk gapirib berdi. davomi…
Jim Smiley garov o‘ynashni juda yoqtirardi. It urishtirsa ham, xo‘roz urishtirsa ham darrov garov bog‘laydi. Devorda ikkita qush ko‘rsa ham: «Qaysi biri oldin uchib ketadi?», deb garovlashaveradi. Bir kuni Jim Smiley qurbaqa tutib oldi va: «Men uni qo‘lga o‘rgataman», dedi. davomi…
Qish oqshomlaridan biri edi. Qishloq mag‘ozasi mudiri do‘konini bekitmoqchi bo‘ldi. Derazalarni yopayotib ichkarida yurgan odamga ko‘zi tushdi. U shkafdan bir funtcha sariyog‘ oldida, shlyapasiga soldi. «Bir boplayki, o‘g‘irlik qilganiga pushaymon bo‘lsin», deya ahd qildi mudir. — Ha, Set?— dedi u davomi…
Do‘stim ikkimiz Nyu-York yaqinidagi Salomanka bekatiga sal kechikib yetib keldik. Bekat sahnida yo‘lov-chilar g‘uj-g‘uj, odamga liq to‘la poyezdga chiqib olish uchun yelib-yugurishardi. «Mendek mashhur yozuvchini ham shunday qisishadimi odamlar», deya o‘ylab, kassaga zo‘rg‘a yaqinlashdim. Chip-tafurush yigitdan xos vagonga ikkita chipta davomi…