Iste’dodli qirg‘iz yozuvchisi Mar Boyjiyevning qissa va hikoyalarida ajib bir sehr bor. Bu sehr adib asarlarining hayotiyligida, samimiyligida, nozik bir yumor bilan sug‘orilganidadir.
M. Boyjiyev o‘z qahramonlarini hayotning ravon, tekis yo‘llaridan olib yurmaydi, aksincha, ularni mushkul sharoitlarda, turli xil situatsiyalarda tasvirlashni yoqtiradi. Natijada yozuvchi asarlarining realistik ruhi yanada kuchayib, o‘quvchi qalbida aks sado beradi.