Ikkinchi jahon urushining bosh harbiy jinoyatchilari— gitlerchi fashist qo‘mondonlar ustidan uyushtirilgan Xalqaro Nyurnberg sud protsessida atoqli sovet yozuvchisi Boris Nikolayevich Polevoy “Pravda” gazetasining muxbiri sifatida qatnashgan edi. To‘qqiz oy qizg‘in davom etgan ana shu ulug‘ sud zalidan yozuvchi gazetaga talay ajoyib ocherklar va maqolalar yozdi. Bundan tashqari u sud ishini kundalik daftarida ham aks ettirib bordi. Qo‘lingizdagi ushbu kitob yozuvchining kundaliklari manbaida tug‘ilgan.