Buni bizga o‘qituvchimiz gapirib bergan.
O‘sha o‘qituvchimizning bir qarindoshi birinchi jahon urushi yillarida armiyada ofitser bo‘lib xizmat qilgan ekan. O‘sha odam kunlardan birida cho‘lda ketayotib qiziq bir voqeaning guvohi bo‘libdi. Tipratikan bilan yo‘g‘on bir ilon «jang» qilishayotgan bo‘lib, hujum qilayotgan tomon asosan tipratikon bo‘lib, u nuqul hamla qilar, har hamla qilganida o‘tkir tikanlarini ilonning tanasiga sanchib olarkan. Hon chetroqqa o‘rmalab qochmoqchi bo‘lsa, yugurib oldidan chiqar, yana nayzasini suqib-suqib olaverarkan. Oxiri ilon shu darajada abgor bo‘libdiki, qimirlashgayam holi qolmabdi. Tipratikan yana hujumga shaylanib turganini ko‘rib, ofitser qo‘lidagi tayog‘i bilan uni bir-ikki marta tushiribdi. Tipratikan til tortmay o‘libdi, tayoq ham qars etib sinibdi. Ofitser yo‘l-yo‘lakay singan tayog‘ini o‘ynab, o‘zi turgan chodirga yetib olibdi. Oradan ancha vaqt o‘tgach, tashqari chiqib qarasa, boyagi yo‘g‘on ilon chodirning ostonasida tasmadek cho‘zilib o‘lib yotganmish. Ustida singan tayoq bo‘lagi.
O‘qituvchimiz shu voqeani aytib bergach, bizga bunday degan edi:
— Tanasi ilma-teshik bo‘lib ketan bir ilonning yaxshilikka yaxshilik qaytarish niyatida shuncha yo‘l bosib, tayoqning singan uchini sudrab kelishi aslida aql borvar qilmaydigan narsa. Lekin bu bo‘lgan voqea. Qolaversa, buni ibratli tasodif desa ham bo‘ladi.
Turk tilidan Miad Hakimov tarjimasi