Akram Aylislining ushbu kitobga kiritilgan qissalarining bari qalbi beg‘ubor, soddadil qishloqi bola tilidan hikoya qilinadi. Go‘daklik chog‘idayoq onadan yetim qolgan Sodiq Madina ammasining qo‘lida tarbiya ko‘radi. U yaxshilik va yomonlikni, ezgulik va qusurni chuqur his etadi.
Muallif o‘z o‘lkasining odamlarini nihoyatda sevadi, ular haqida iliq bir yumor va zo‘r samimiyat bilan hikoya qiladi.