Muvaffaqiyatsizlik insonga ko‘p narsalarni o‘rgatadi. Xitoy maqoli
Muvaffaqiyatsizlik insonga ko‘p narsalarni o‘rgatadi.Xitoy maqoli
Muvaffaqiyatsizlik insonga ko‘p narsalarni o‘rgatadi.Xitoy maqoli
Boshqalarga ta’na qilgandek o‘zingga ta’na qil, o‘zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir.Xitoy maqoli
Daraxt qanchalik yuksak bo‘lsa-da, baribir yaproqlari yerga to‘kiladi.Xitoy maqoli
Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi.Abdulla Qahhor
Adabiyotga o‘g‘ri mushukday tuynukdan tushadigan odamlar ham bo‘ladi. Bular adabiyotni hunardan kasbga, ya’ni sababi tirikchilikka aylantirib olishadi. Bunaqa odamlar qadim zamonda ham bo‘lgan, hozir ham bor, ehtimol, bundan keyin ham bo‘lsa.Abdulla Qahhor
Agar o‘qisang-u o‘ylamasang — chalkashib qolasan. Agar o‘ylasang-u o‘qimasang — shubha-gumonlar tagida qolib ketasan.Konfutsiy
Dushman aldoviga uchma; maddoh xushomadini chin dema. Dushmanning g‘arazi o‘z yomon niyatiga yetmoqdir; maqtovchining maqsadi — xorlik bilan sendan in’om olmoqdir. Agar ikkalasiga iltifot qilmasang va qabul qilishni lozim bilmasang, biri o‘z maqsadining ijrosidan to‘xtaydi va tadbiri mujmal bo‘ladi va davomi…
Ochiq chehrali odam — ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq bo‘ladi… Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik; chuchuk so‘zidan el-yurtga xurramlik. Odamiylik bilan ko‘ngillarga sevimli; insoniylik bilan jonlarga yoqimli. Undan do‘st-dushman xotirjam. Bunday kishi umridan baraka topgay.Alisher Navoiy
Yolg‘onchi odam — unutuvchi; u andisha va ehtiyotdan chetda turuvchi. Har kimning so‘zi chin bo‘lmasa, rostgo‘ylar ko‘ngliga u so‘z qabul bo‘lmas. Yolg‘onchi o‘zining yolg‘on so‘ziga bir-ikki marta ishontiradi, keyin nima qiladi? Yolg‘onchiligi ma’lum bo‘lgach, u rasvo bo‘ladi, uning so‘ziga xalq davomi…
U yerdan bu yerga gap tashuvchilar elning gunohini o‘z bo‘yniga oluvchilardir. Chaqimchilik hatto chin gap bo‘lsa ham ko‘ngilsizdir, yolg‘on bo‘lsa yanada nafratlidir. So‘z yetkazuvchining xoh kattasi, xoh kichigi — do‘zax o‘tining tutanturug‘i bil.Alisher Navoiy