Baxt saroyi

Qish kuni. Kech bo‘la boshlagandi. Bir yigit yo‘lda ketarkan, unga katta bir o‘rmon ichidan o‘tishga to‘g‘ri kelib qoldi. O‘rmon qorong‘i, qalin daraxtlar bilan qoplangandi. Yigit o‘rmon ichida yura-yura yo‘lni yo‘qotib qo‘ydi, adashdi.Hushdan ketib yiqildi. Bir ozdan keyin ochlik va sovuq davomi…

Tadbirkor vazir

Bir podshohning juda ham chiroyli oti bor edi, Podshoh otini juda sevardi. Kunlardan bir kun uning ana shu go‘zal va chopqir oti kasallanib o‘ldi. G‘azab otiga mingan podshoh otboqarini o‘ldirish qasdida huzuriga chaqirtirdi. Uning dono vaziri bor edi. Vazir oraga davomi…

Go‘zal tadbir

Bir shoir xotinlardan kulib she’r yozgandi. Podshoh saroyidagi xotinlar, vazir, hakim va boylarning xotinlari juda ham achchiqlanib, o‘z qo‘llari bilan u bechora shoirga jazo bermoqchi bo‘ldilar. Bu niyatlarini podshohga arz qilib, shoirni darhol saroyga keltirishni talab qildilar.Podshoh qabul qilib, shoirni davomi…

Er kishining ishi

Bobolarimiz: «Yaxshilikka yaxshilik har kishining ishidir, yomonlikka yaxshilik er kishining ishidir», deb juda to‘g‘ri aytganlar.Qadim zamonda bir viloyatning boshlig‘i olim, fozil bir odamni tuhmat orqasidan qamoqqa oldi. Bir yilgacha o‘z huzuriga keltirib yuz marta kaltaklab azoblardi. Bir yildan keyin ahvol davomi…

Uch buyuk tabib

Bir tabib qattiq kasal bo‘lib yotib qoldi. Uning shogirdlari yig‘ilib ustodlarini davolashga kirishdilar. Kasal ustod ularga:— Sevimli shogirdlarim, meni davolash uchun behuda zahmat chekmang, tuzalishdan umid uzganman, o‘limim yaqin qolganga o‘xshaydi. Vafot topganimdan keyin juda qayg‘urib oh-voh qilmang, chunki, o‘rnimga davomi…

Ulug‘lik

Bir kishi arab podshohining qarindosh-urug‘laridan bir nechtasini o‘ldirib qochib ketdi. Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin podshohning yoniga qaytib keldi, Podshoh taajjublanib:— Ajab dovyurak, qo‘rqmas, jasoratli kishi ekansan, qarindoshlarimdan bir nechtasini o‘ldirib buyuk gunoh qilsang ham qahr-g‘azabimdan qo‘rqmay yana yonimga qaytib davomi…

Diyonat

Bir diyonatli fozil odamning uyida sichqonlar ko‘payib ketdi. Odamlar unga:— Nega uyingizda mushuk asramaysiz? Mushuk sichqonlar kushandasi ekanini bilasiz-ku. Agar bitta mushuk asrasangiz, sichqonlar hujumidan qutulasiz,— dedilar.Diyonatli fozil odam ularga:— To‘g‘ri aytasizlar, lekin bu maslahatingizni vijdonim qabul qilmaydi. Agar mushuk davomi…

Omonatga xiyonat

Kunlardan bir kun bir kishi o‘ralgan, muhrlangan bir xaltachani do‘stining huzuriga keltirib:— Do‘stim, men safarga chiqib ketayotibman, ichida ming oltin bo‘lgan shu xaltachani senga omonat topshiraman, safardan qaytib kelganimdan so‘ng ola-man,—deb xaltachani topshirdi va o‘sha kun safarga chiqib ketdi. Safari davomi…

Obro‘

Fazl nomli mo‘tabar bir odamning ikki yaqin odami bor edi. Birining oti Nazar, yana birining oti Soqib edi. Bir kun Fazlning huzurida Nazar bilan Soqib bir-birlari bilan hazillashdilar, askiyabozlikka kirishdilar, oxir hazillari zilga aylandi, har ikkisi qizishib bir-birini haqorat qilishga, davomi…

Eng buyuk zavq

Xorun ar-Rashid o‘z vaziri Ja’far, yana o‘zining eng yaqin xizmatchisi bilan suhbatlashib o‘tirgandi. Gapdan gap chiqib Ja’far Xorundan:— Nimadan eng ko‘p zavqlanasiz?— deb so‘radi, Xorun ar-Rashid shunday javob berdi:— Men eng nafis kiyimlar kiydim, lazzatli ovqatlar yedim, eng nodir sharbatlar davomi…