Nafs kimda yo‘q?

Bir kuni Abdurahmon Jomiy Xoja Ahror Valining ziyoratiga otlandi. Yo‘lda enlikkina ariqqa duch keldi. Sakrab o‘tayotib, cho‘ntagini ushladi. Uning cho‘ntagida sakkiz tillosi bor edi.Xoja Ahror Valining mol-dunyosi behisob edi. Yaylovlarda uning minglab moli o‘tlab yurar, bular muridlar tarafidan hazrat eshonga davomi…

«Non ulug‘, xonim»

Muhammad Rahimxon Feruzning yaxshi bir odati bor edi. U goho-goho arkoni davlat birla shahar aylanar, ahli raiyatning holidan xabar olardi. Bir kuni xon mahramlari ila shahar sayriga chiqdi. Yonida xos mulozimi Hasan qayg‘ichi ham bor edi. Bir ko‘chadan o‘tayotib, Feruzning davomi…

So‘nggi ilinj

Abu Rayhon Beruniy dardga chalindi. Hoziq tabiblar imkon qadar muolaja qildilar, ammo bemorning ahvoli yaxshilanmadi. Aksincha dard kundan kunga kuchayib borardi. Bu dunyodan nasibasi uzilayotganini olimning o‘zi ham sezib turardi. Lekin uning jo‘shqin tabiati ilmu irfon ummonidan so‘nggi qatragacha olib davomi…

To‘rt tabib

Tabiblarning ulug‘i Ibn Sino kunlardan birida qattiq og‘rib, ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olibdi. Ibn Sinoning shogirdlari, eng yaqin do‘st-birodarlari yig‘ilishibdi. Ular yaxshi so‘z aytib, ulug‘ tabibning ko‘nglini ko‘tarishga, kayfiyatini yaxshilashga harakat qilishsa, shogirdlari uni dori-darmonlar bilan davolashga kirishibdilar.O‘limi yaqinligini sezgan Ibn davomi…

Eng yaxshi va yomon a’zo

Luqmonning xojasi jonliq qurbonlik qilib, so‘yilgan qo‘yning eng yaxshi a’zosini pishirib kelishni buyuribdi. Luqmon qo‘y yuragi va tilidan taom tayyorlab kelibdi. Ertasiga xojasi unga endi qo‘yning eng yomon a’zolarini pishirib kelishni aytibdi. Luqmon bu gal ham uning oldiga pishirilgan yurak davomi…

Shoh va sohibjamol

Kunlarning birida sayr qilib yurgan shohning ko‘zi husnda tengi yo‘q ayolga tushib qoladi. U o‘ziga hamrohlik qilayotgan a’yoniga yuragiga cho‘g‘ tashlagan bu sohibjamolning kim ekanligini aniqlashni buyuradi. Saroy xodimi ko‘p vaqt o‘tmasdan shohga ayol uning xizmatkorlaridan birining rafiqasi ekanligini ma’lum davomi…

Do‘stlik

Bir kishi biroz pulga muhtoj bo‘lib qoldi, do‘stidan yordam olish maqsadida uning uyiga borib, eshigini taqillatdi. Do‘sti chiqib, u bilan ko‘rishdi, uyga taklif qilsa ham u kishi qabul qilmay:— Do‘stim, meni kechir, uyga qilgan taklifmgni hozircha qabul etmayman, vaqtim ziq.Bir davomi…

Odil Anushervon

Qadimgi Eron shohlaridan Anushervon har yili navro‘z kunida bir ziyofat tashkil qilib, xalqni da’vat qilardi. Bir yil navro‘z kunida tashkil qilgan ziyofatga kelganlar orasida turmushdan juda qiynalgan kambag‘al bir kishi ham bor edi. U o‘z-o‘ziga:— Shu yerdagi idishlardan birini olib davomi…