Yolg‘on gapirish bilan o‘z vaqtini o‘tkazuvchi odam, bu qilig‘i yomon tuyulish o‘rniga, kishilami aldagani bilan faxrlanadi ham…

Yolg‘on gapirish bilan o‘z vaqtini o‘tkazuvchi odam, bu qilig‘i yomon tuyulish o‘rniga, kishilami aldagani bilan faxrlanadi ham. Yolg‘onchi o‘z gapiga go‘llik bilan quloq soluvchini topsa, ularga yolg‘onni chinga o‘tkazsa, murodiga yetgan bo‘ladi. Yolg‘onchi — haq qoshida gunohkor; xalq oldida sharmanda. davomi…

Har kimningki so‘zi — yolg‘on, yolg‘onligi bilingach, uyatga qolg‘on; yolg‘onni chindek gapiruvchi so‘z ustamoni — kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar…

Har kimningki so‘zi — yolg‘on, yolg‘onligi bilingach, uyatga qolg‘on; yolg‘onni chindek gapiruvchi so‘z ustamoni — kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar. Yolg‘on-afsonalar bilan uyqu keltiruvchi yolg‘onchi — uyquda alahlovchi. Yolg‘on gapiruvchi g‘aflatdadir; so‘zning bir-biridan farqi ko‘pdir, ammo yolg‘ondan yomonroq turi yo‘qdir.Alisher davomi…

Til shirinligi — ko‘ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa — foydali. Chuchuk til achchiqqa aylansa ko‘pchilikka zarari tegadi…

Til shirinligi — ko‘ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa — foydali. Chuchuk til achchiqqa aylansa ko‘pchilikka zarari tegadi; qanddan may tayyorlansa harom bo‘ladi. Shirin so‘z sof ko‘ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam — halvofurush kabi sevimlidir.Alisher Navoiy

Demokrat, sen o‘tmishga tosh otma. O‘tmishga tosh otish, o‘likni tepkilash demakdir. O‘lik tirilib, xatolari uchun sendan kechirim so‘ramaydi…

Demokrat, sen o‘tmishga tosh otma. O‘tmishga tosh otish, o‘likni tepkilash demakdir. O‘lik tirilib, xatolari uchun sendan kechirim so‘ramaydi. O‘lik tirilib, qayta qurish uchun bir ish qilib berib bermaydi. Demokrat, o‘tmishdan saboq olish kerak, saboq. Ana shu saboqni xulosalab, bugunni o‘ylash davomi…

Intellektuallar xalq hisobiga yashovchi betayin bir toifa bo‘ladi. Ular kitobga qarab o‘ylaydi, kitobga qarab fikrlaydi…

Intellektuallar xalq hisobiga yashovchi betayin bir toifa bo‘ladi. Ular kitobga qarab o‘ylaydi, kitobga qarab fikrlaydi. Og‘zini to‘ldirib tsitatalar keltiradi, tarixdan saboqlar o‘qiydi. Ammo ko‘chat ekib, daraxt o‘tqazolmaydi. Kitob boshqa hayot boshqa ekanligini tasavvur ham eta olmaydilar. Oqibat, hayot haqida qog‘ozday davomi…

Yuzlab ish joylar taqa-taq yopilib qoladi. Ammo… o‘lim ishi taqa-taq yopilmaydi! Dunyoda hamma shtat qisqaradi. Ammo… o‘lim qisqarmaydi!..

Yuzlab ish joylar taqa-taq yopilib qoladi. Ammo… o‘lim ishi taqa-taq yopilmaydi! Dunyoda hamma shtat qisqaradi. Ammo… o‘lim qisqarmaydi! Dunyoda hamma narsa tamom bo‘ladi. Ammo o‘lim tamom bo‘lmaydi! O‘lim mangu yashaydi! O‘lim barcha tuzumlar uchun abadiydir! Yashasin, o‘lim!Tog‘ay Murod