Jabbor Eshonqul. Jahon va o‘zbek adabiyotidagi eng sara asarlar

Jabbor Eshonqul Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ning jurnalistika fakultetini tugatgan (1991). 1996 yili «O‘zbek folklorida dev obrazining mifologik asoslari va badiiy talqini» mavzuida nomzodlik, 2010 yilda «O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini» doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
«Asrlarga tengdosh qo‘shiqlar» (1991), «Folklor: obraz va talqin» (1999), «Epik tafakkur tadriji» (2006), «»Alpomish» dostonining izohli lug‘ati» (2006), «Shabnamdagi oy aksi» (2006), «Rustamxon» (2008), «Malika Ayyor» (2009), «Oychinor» (2009), «Navro‘z nashidasi» (2009), «Navro‘z qo‘shiqlari» (2010), «O‘zbek folklori bibliografiyasi» (2010) kabi kitoblar va 200 dan oshiq ilmiy maqolalar muallifi.

Ziyouz so‘rovi: 1. Sizningcha, jahon adabiyotining eng sara 10 ta asari qaysi?

1. «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li»,«Bilgamish», «Manas», «Odisseya», «Iliada», «Mahabhorat», «Qo‘rqut ota kitobi».
2. Alisher Navoiy. «Xamsa», «Lisonut tayr»; Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari.
3. Uilyam Shekspir dramalari; Migel de Servantes. «Don Kixot».
4. Lev Tolstoy. «Urush va tinchlik», Jonatan Svift. «Gulliverning sarguzashtlari»
5. Fyodor Dostoyevskiy. «Telba», «Aka-uka Karamazovlar».
6. Jeyms Joys. «Uliss»; Tomas Mann. «Yusuf va uning inilari»
7. Antuan de Sent Ekzyuperi. «Kichkina shahzoda».
8. Gabriel Garsia Markes. «Yolg‘izlikning yuz yili», «Buzrukning kuzi».
9. Tomas Vulf. «O‘lim mag‘rur egachim», «Uyga qaytib bo‘lmaydi».
10. Ernest Xeminguey. «Chol va dengiz»; Chingiz Aytmatov. «Oq kema».

2. Jahon adabiyotining eng sara 10 ta hikoyasi sifatida qaysi asarlarni e’tirof etasiz?

1. Xorxe Luis Borxes hikoyalari.
2. Anton Chexov hikoyalari, R.Tagor hikoyalari.
3. Xuan Karlos Onetti. «O‘pqon».
4. Yasunari Kavabata. «Ko‘zgudagi oy aksi».
5. Uilyam Folkner. «Emili uchun Atirgul», «Uosh».
6. Akutagava Ryunoske. «O‘rgimchak uyasi».
7. Fyodor Dostoyevskiy. «Kulgili odamning tushi».
8. Frants Kafka. «Evrilish».
9. Xulio Kortasar. «Ishg‘ol qilingan uy», «Izlarini izlab».
10. Nazar Eshonqul. «Shamolni tutib bo‘lmaydi».

3. O‘zbek adabiyotining eng sara 10 asarlari ro‘yxatiga qaysi kitoblarni kiritgan bo‘lardingiz?

1. Abdulla Qodiriy. «O‘tgan kunlar».
2. Cho‘lpon. « Kecha va kunduz».
3. Usmon Nosir, she’rlar; Oybek , she’rlar.
4. Abdulla Qahhor «Sarob»; G‘afur G‘ulom «Shum bola».
5. Abdulla Oripov. «Yillar armoni»; Rauf Parfi. «Sabr daraxti».
6. Odil Yoqubov. «Ulug‘bek xazinasi»; Xayriddin Sultonov. «Saodat sohili».
7. Murod Muhammad Do‘st. «Galatepaga qaytish»; Xurshid Do‘stmuhammad. Qissalar.
8. Xurshid Davron. Tarixiy esselar; Faxriyor «Ayolg‘u».
9. Nazar Eshonqul. «Yalpiz hidi» qissa va hikoyalar; Temurpo‘lat Tillayev. «O‘pqon».

4. O‘zbek adabiyotidagi eng o‘qishli bo‘lgan 10 ta hikoya qaysi?

1. Mirkarim Osim. Tarixiy hikoyalar.
2. Shukur Xolmirzayev. «Cho‘loq turna», «Bulut to‘sgan oy».
3. Murod Muhammad Do‘st. «Dashtu dalalarda».
4. Erkin A’zam. «Qiyofadosh».
5. Xurshid Dustmuhammad. «Jajman», «Qichqiriq».
6. Olim Otaxonov. «Gulzor chetidagi quyosh».
7. Nazar Eshonqul. «Qultoy», «Maymun yetaklagan odam».
8. Shodiqul Hamro. «Suratdagi ayol».
9. Shoyim Bo‘tayev. «Ko‘chada qolgan ovoz»; Isajon Sulton. «Suvdagi kosa».
10. Ulug‘bek Hamdam. «Safar»; Bahodir Qobul.«Kunga matal kampirlar».