Faxriyor. Jahon va o‘zbek adabiyotidagi eng sara asarlar

Shoir va tarjimon Faxriyor (Faxriddin Nizomov) 1963 yil 5 oktbyar kuni Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyatining Sangijumon qishlog‘ida tug‘ildi.
1988 yili Samarqand Davlat universitetining O‘zbek va tojik filologiyasi fakultetini tugatdi. “Dardning shakli” (1997), “Ayolg‘u” (2000), “Geometrik bahor” (2004), frantsuz tilida “L’os des larmes” (“Ko‘z yosh soyasi”, 2016) she’riy to‘plamlari, “Yangilanish an’anasi” (1998) publitsistik maqolalar to‘plami nashr etildi.
Taniqli AQSh siyosatchisi Hillari Klintonning “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” (It Takes a Village), taniqli britaniyalik kalomshunos olim Timoti Uinterning “XXI asrda islom: Postmodern dunyoda qiblani topish” (Islam 2001: Finding the Qibla in a Postmodern World) va “Amerika hikoyalari” (American Short Stories) (hamkorlikda) kitoblarini, taniqli Amerika yozuvchi Edgar Allan Poning “Temirbek” dostonini o‘zbekchalashtirdi.
Bundan tashqari, juda ko‘p teleseriallarni, hujjatli filmlarni ingliz tilidan o‘zbekchaga o‘girdi. Dunyoning yetakchi AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) kompaniyalari ta’minot dasturlarini o‘zbekchaga tarjima qilishda ishtirok etdi.
She’rlari frantsuz, turk, ozarbayjon, rus, bolgar, xitoy, ingliz, qozoq va uyg‘ur tillariga tarjima qilinib, turli adabiy-badiiy jurnal va almanaxlarda chop etilgan.
2015 yil 1-4 oktyabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan XI Turkiy xalqlar she’riyat festivalining Rami Garipov nomidagi bosh mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ziyouz so‘rovi: 1. Sizningcha, jahon adabiyotining eng sara 10 ta kitobi qaysi?

1. Alisher Navoiy, “Xamsa”
2. I.V.Gyote, “Faust”
3. F.Dostoyevskiy, “Aka-uka Karamazovlar”
4. Lev Tolstoy, “Anna Karenina”
5. Mixail Bulgakov, “Master va Margarita”
6. German Gesse, “Cho‘l bo‘risi”
7. Kendzaburo Oe, “Zamondoshlarning o‘yinlari”
8. Xulio Kortasar, “Makmak o‘yin”
9. Gabriel Garsia Markes, “Mustabidning kuzi”, “Tanholikning yuz yili”
10. Milorad Pavich, “Xazar lug‘ati”
11. O‘rxun Pamuq, “Qora kitob”

2. Jahon adabiyotining eng sara 10 ta hikoyasi sifatida qaysi asarlarni e’tirof etasiz?
 
1. Gi de Mopassan, “Do‘ndiq”
2. Ivan Bunin, “Engil nafas”, “Oq qarg‘a”
3. Frants Kafka, “Evrilish”, “Jazo koloniyasida”
4. O’Genri, “So‘nggi yaproq”
5. Xulio Kortasar, “Ishg‘ol qilingan uy”
6. Yasunari Kavabata, “Oynadagi oy”
7. Fozil Iskandar, “Kozlotur burji”
8. Xorxe Luis Borxes, “Funes – xotira mo‘jizasi”
9. Chingiz  Aytmatov, “Erta qaytgan turnalar”
10. Jozef Epshteyn, “Ukaginam Ilay”

3. O‘zbek adabiyotining eng sara 10 ta kitobi ro‘yxatiga qaysi nashrlarni kiritgan bo‘lardingiz?

1. Alisher Navoiy, “Xazoyinul maoniy”
2. Bobur, “Boburnoma”
3. Abdulla Qodiriy, “O‘tgan kunlar”
4. G‘afur G‘ulom, “Shum bola”
5. Abdulla Oripov she’rlari
6. Erkin Vohid she’rlari
7. Odil Yoqubov, “Ulug‘bek xazinasi”
8. Temir Po‘latov, “Taroziy toshbaqasi”
9. Murod Muhammad Do‘st, , “Galatepaga qaytish”, “Lolazor”
10. Ahmad A’zam, “Asqartog‘ tomonlarda”

4. O‘zbek adabiyotidagi eng o‘qishli 10 ta hikoya qaysi?

1. Temir Po‘latov, “Mulk”
2. Shukur Xolmirzayev, “Bulut to‘sgan oy”
3. Ibrohim G‘afurov, “Qatlgohda o‘ynagan bola”
4. Murod Muhammad  Do‘st, “Dashtu dalalarda”, “Galatepaliklar”
5. Ahmad A’zam, “Soyasini yo‘qotgan odam”
6. Erkin A’zam, “Qiyofadosh”
7. Nurulla Otaxonov, “Oq bino oqshomlari”
8. Nabijon Boqiy, “G‘o‘zapoya mingan bola”
9. Alisher Ibodinov. “Quyosh ham olov”.
10. Nazar Eshonqul, “Bahovuddinning iti”, “Qultoy”