Tatyana Snejina (1972-1995)

Tatyana Snejina 1972 yil 14 mayda Ukrainaning Voroshilovgrad shahrida sho‘ro armiyasining katta leytenanti Valeriy Pavlovich Pechyonkin oilasida dunyoga kelgan. Qizaloqning onasi Tatyana Georgiyevna, garchi mahalliy zavodda oddiy texnolog bo‘lib ishlasa-da, she’riyat, musiqa va xalq qo‘shiqlarining chinakam shaydosi edi. Navqironligidayoq betakror davomi…

Rashida Ismoiliy (1941)

Shoira, dramaturg va hikoyanavis. G‘arbiy Afrikada joylashgan mamlakat Beninda tug‘ilgan. O‘tgan asrning 60-yillarida Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tgan. Afrika san’ati va madaniyatini keng targ‘ib qilish barobarida Rashida Ismoiliy badiiy ijod sohasida ham sezilarli ishlar qilgan, to‘rtta she’riy to‘plami, amerikalik adib Lengston Hyuz va davomi…

Muhiddin Omon (1963)

Muhiddin Omon 1963 yili tug‘ilgan Toshkent davlat universiteti(hozirgi O‘zMU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Ko‘ngil darbozasi”, “Tole fasli”, “Munavvar sog‘inch”, bolalar uchun : “Dakang xo‘roz va uning jo‘jalari”, “Sog‘lomjon alifbosi”, “Z9 topishmoq” , “Zehni a’lo, tili burro”, “Buyumlar tilga kirsa” kabi davomi…

Sodiq Norboyev. U (esse)

Kech bahorning bu tuni qop-qorong‘i bo‘lsa-da, ko‘nglimda o‘zim ham tushunib bo‘lmaydigan sirli surur hukmron edi. Tashqarida shovullab yomg‘ir yog‘ar, men deraza oldida turgancha katta-kichik tomchilarning oynaga urilib-chertilib pastga oqib tushishini yosh boladek zavqlanib tomosha qilardim. Chiroq yorug‘ida akslanib, jilvalanayotgan deraza davomi…

Mansur Jumayev (1991-2024)

Mansur Jumayev 1991 yil 17 fevralda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Shoirning “Oq orzularim”, “Hayrat qo‘shiqlari”, “Hazrati ishq”, “Biz kutgan fasl” she’riy to‘plamlari chop etilgan. Asarlari ingliz, rus, turk, tojik, ozarbayjon, davomi…

Atoqli yozuvchi Asad Dilmurod vafot etdi

2019 yil 29 yanvar kuni taniqli yozuvchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Asad Dilmurod vafot etdi. Asad Dilmurod 1947 yil 20 iyulda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Qoratepa qishlog‘ida tavallud topgan. ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida sirtdan tahsil olgan. Ilk davomi…