Muhammad Salom. Qarz (hikoya)

Hayit aka ishdan horib, hafsalasiz qaytdi. Ish og‘ir emas, ammo yolgon va’dalar uni charchatib, asabiylashtirdi. Shunga qaramay, o‘zini bosiq tutib, tiliga erk bermadi, dardini ichiga yutdi: «Keyingi safar uch oylik maoshni qo‘shib olaman, bir talay bo‘ladi», deya o‘zini ovuntirdi. Faqat davomi…

Erkin Samandar. Afsungar gul (hikoya)

Uni avval tushida ko‘rdi Sabohat. Qizilqoya tepasida u lov-lov yonib turardi. Ufqdan endi bosh ko‘targan quyosh nurlarida barglari cho‘milayotganday edi. Quyoshdanmi yoki o‘zi shundaymi, ular qip-qizil. Yirik-yirik. Bo‘ylari ham antiqa. Sarvguldan-da baland. Shoxalari bo‘ldamli. Orasida bulbul chah-chah sayraydi.Yo, tavba, deydi davomi…

Erkin Samandar. G‘ayb qushlari (hikoya)

Shayxning karomatlari Jo‘ji qulog‘iga chalingan, hali Urganjga yurish boshlamasidan oldinoq uning sehrlaridan xabar topgan edi. Daryoni ters oqizarmish, devlarni jilovlay olarmish, o‘zganing qo‘lidagi yopig‘ kitobni betma-bet o‘qirmish qabilidagi gaplarni avom tarqatgan deb birda ishonsa, birda ishonmas, ammo buyuk Hoqonning man-man davomi…

Uchqun Nazarov. Umr (hikoya)

Muxtor ko‘p hunar bilan shug‘ullandi. Baliqchilik qildi, g‘isht quydi, tunuka koqdi, elektr tuzatdi, maktabda badan tarbiyasidan dars berdi — xullas qo‘lidan kelmagan ish yo‘q. Hozir savat to‘qiydi. O‘n yil avval Zumrad ismli qizni yaxshi ko‘rib qoldi. Zumrad rayon kutubxonasida ishlar, davomi…

Uchqun Nazarov. Insho (hikoya)

Sakkizinchi sinf o‘quvchisi Xurshid shaxmat qutisini qo‘ymaydi, qo‘ltiqlab yuradi. Faqat shaxmat o‘ynaydigan bolalar bilan o‘rtoq tutinadi. O‘qituvchilar ichidan geografiya muallimi Daler akani alohida hurmatlaydi. Daler aka o‘z fanini qiziqarli olib boradi. Biron mamlakat haqida dars o‘tsa, albatta, o‘sha mamlakatga xos davomi…