Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy

(? – 914) (907-914) Movarounnahrda hukmronlik qilgan somoniylar amiri. Amiri shahid. Uning davrida bir qancha qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Xususan amakisi Is’hoq ibn Ahmad Samarqandda, Ray va Seyiston hokimlari isyon ko‘tardilar. Bu isyonlar shafqatsizlik bilan bostirildi. Ahmad uzoq vaqt hukmronlik qilmadi. davomi…

Nasr ibn Ahmad

Nasr II ibn Ismoil Somoniy, Amiri Sa’id (Saodatlik) (taxminan 906-943) (914-943) Somoniylar davlati hukmdori. Davlatni 8 yoshli Nasr ibn Ahmad nomidan vazir Jayhoniy boshqargan. Uning davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi mana shu davomi…

Nuh ibn Nasr

Amiri Hamid, Abu Muhammad (?- Buxoro – 954) (943-954) Somoniylar davlati amiri, amir Nasr II ibn Ahmadning o‘g‘li. Otasi 30 yil hukmronlik qilgach, tiriklik paytida taxtni unga topshirgan (943 yil 10-aprel). Buxoro qozisi, fiqh ilmining bilimdoni Abulfazl Marvaziy (946 yil davomi…

Abdumalik ibn Nuh

Amiri Rashid (944-961) (954-961) Somoniylar amiri. Otasi Nuh ibn Nasr vafot etgach 10 yoshida taxtga o‘tirgan. Nuh ibn Nasr davrida buvayhiylar bilan boshlangan urush Abdumalik ibn Nuh davrida (956) yarash bilan yakun topadi. Abdumalik ibn Nuh davrida davlatni idora qilishda davomi…

Mansur ibn Nuh I

Abu Solih, Amiri Sadid (?-976) (961-976) Somoniylar davlatini boshqargan hukmdor. As-Sadid (“dono”, “tadbirkor”) laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Davlatni mustahkamlash maqsadida bir qator tadbirlarni oshirgan. Bu ishda unga vazirlari Bal’amiy va Utbiylar yordam bergan. Buvayhiylar, Ziyoriylar bilan kurash olib borgan. Buvayhiylar davomi…

Nuh ibn Mansur

Amiri Rashid (963 – Buxoro – 997) (976-997) Somoniylar davlatining amiri, amir Mansur ibn Nuhning o‘g‘li. Otasining vafotidan so‘ng taxtga o‘tirdi (976 yil 26-sentabr). Siyosiy va harbiy sohada islohotlar o‘tkazgan. Muhammad ibn Abdulloh ibn Aziz vazir, Abulhasan Simjuriy sipohsolor (bosh davomi…

Mansur ibn Nuh II

Abu Horis (?-999) (997-999) Somoniylar amiri. Uning davrida mamlakatda parokandalik, ichki nizolar (Mansur bilan lashkarboshilar o‘rtasida) tashqi xafv (qoraxoniylarning hujumlari) kuchaygan. Ayniqsa, qoraxoniylar tomoniga o‘tgan xoin lashkarboshilardan Foyiq saroyga nisbatan uyushtirgan fitnalarda faol qatnashadi. 999 yilning fevralida Foyiq turk g‘ulomlariga davomi…

Abu Ibrohim ibn Nuh

Amiri Muntasir (? – 1005) (1000-1005) Somoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan somoniylar amiri. Sulolaning oxirgi hukmdori Abdulmalik ibn Nuh (999-1000)ning birodari. Qoraxoniylarga qarshi muvaffaqiyatsiz kurash olib boradi. Somoniylarning so‘nggi vakili bo‘lgan Muntasir somoniylarning avvalgi shon-shuhratini tiklay olmaydi. Muntasir Sulton Mahmudning noibi davomi…

Nasr ibn Ali

Nasr Eloqxon (?-1012, O‘zgan) (999-1012) Movarounnahr ilik xoni. Qoraxoniylardan. Hokimiyat tepasida rasman hukmdor akasi Ahmad ibn Ali Arslonxon edi. 996 yilda qoraxoniylarning Movarounnahrga hujum qilganida boshchilik qilgan. Buxoroni egallash bilan Movarounnahrning bosib olinishini nihoyasiga yetkazgan (999 yil oktabr). Somoniylar amiri davomi…

Alitegin ibn Husayn

(?–1035) (1025-1034) Movarounnahr ilikxoni. Qoraxoniylardan. Movarounnahrni samoniylardan tortib olishda ishtirok etgan (999-1012). Nasr ibn Ali vafoti (1013)dan so‘ng taxt uchun kurash chog‘ida arslonxonlardan Muhammad ibn Ali tomonidan asir olingan. Taxminan 1025 yilda asirlikdan qochib Buxoroni egallagan va saljuqiylardan Arslon ibn davomi…