455 yili, xunnlar ketganidan bor-yo‘g‘i uch yildan keyin Afrikadan vandallar suzib kelishgan. Ular Rimning Shimoliy Afrikadagi barcha mulklarini bosib olishgandi, endi esa Italiyaga hujum qilib, Rimni egallashadi. Aholiga rahm qilishgan bo‘lsa-da, butun shaharni talashadi. Hatto hozir ham be’mani vayronagarchiliklar to‘g‘risida gap borganda, vandallarni eslashadi. Vandallar tez orada Italiyani Rim imperatoriga va uning butunlay yollanma germanlardan tarkib topgan armiyasiga tashlab ketishadi. Nihoyat, 476-yili Rim imperatori Romun Avgustul german sarkardasi Odoakr tomonidan ag‘darilgan va G‘arbiy imperiyadan qolgan hududda Odoakr hukm yurita boshlagan.
Asrlar davomida ma’lum va mashhur mamlakatlarning deyarli hammasini boshqarib kelgan Rimning ham kuni bitadi. Eski dunyo hayotining sanoqli kunlari qolgandi, lekin uning vayronalarida yangisi vujudga kela boshladi. Yangi Rim imperiyasining markazi Konstantinopolda edi. Lekin, eng muhimi — Rimni tiz cho‘ktirgan german qabilalari o‘z davlatlarini tuzib, hozirgi Yevropaga asos sola boshlagan edi.