Qush-pashsha nima?

Qush-pashsha juda yorqin va juda mitti qushdir. U nomini behudaga olmagan. U o‘rmon gullaridan nektar yig‘adi. Ko‘pincha u changalzorlarda yashaydi. Qushchaning gul ustida turishi sizu bizga kapalakni eslatadi.

Qush-pashsha qanotlarini g‘oyat qattiq qoqadiki, havoda uning g‘uv-g‘uvi hatto vizillagan tovushi eshitiladi.