Qanday hayvonlar rangni farqlay oladi?

Olimlar bu savolga javob topish maqsadida ko‘plab tajribalar o‘tkazganlar. Bu tajribalarga ko‘ra, ayrim hayvonlar ranglarni farqlay olmaydi, deb qat’iy ishonch bilan aytish mumkin. Masalan, asalari qizil rangni qora rangda ko‘radi. Akula rangni umuman farqlamaydi. Boshqa baliqlar ayrim ranglarni ajrata oladi. Aytaylik, cho‘rtanbaliq har xil ranglar shu’lasini turlicha farqlaydi. Agar akvariumda tasodifan kamalak ranglari paydo bo‘lsa, baliqchalar yashil va sariq ranglar tomon suzadi. Kalamush, sariq-bargrang va ko‘k-bargrang ranglarni farqlay olmaydi, mushuk oltita rangni, ot esa atigi to‘rta rangni farqlay oladi.

Maymunga kelsak, u odam kabi barcha ranglarni farqlaydi. Tajribalar buni isbotlagan. Maymunlarga ovqatni eshigi ma’lum bir rangga bo‘yalgan shkafchadan olishni o‘rgatishgan va ular boshqa rangga bo‘yalgan, ortida hech vaqo bo‘lmagan eshiklarga aslo yaqinlashmagan.

Olimlar tovuqlar bilan ham tajriba olib borishgan va tovuqlar kamalakning hamma ranglarini ko‘rishini, it esa ranglarning farqiga bormasligini aniqlashgan. Aksari boshqa sut emizuvchilar ham ranglarni farqlamaydi.

Bu hodisalarning sababi ko‘pchilik hayvonlar ranglarni farqlash shart bo‘lmagan tunda ov qilishi bilan bog‘liqdir.