Ko‘p odamlar bu g‘aroyib qush Shimoliy va Janubiy qutblarda hamda boshqa sovuq joylarda yashaydi, deb hisoblaydilar. Afsuski, pingvinlar faqat Janubiy qutbda yashaydi. Ular Antarktida (Arktikada emas!) va unga tutash orollarda kun kechiradi. Ular Peru yoki Braziliyaning janubida, Janubiy-G‘arbiy Afrikada, Yangi Zelandiya va Janubiy Avstraliyada ham uchraydi.
Pingvinlar, shubhasiz, odamga o‘xshashligi bilan mashhur bo‘lib ketdi. Pingvinlar yassi panjalari bilan tik tura oladilar. Ular ko‘pincha, askarlar kabi tizilib turadi. Ularning viqor bilan yurishini kurganingizda, beixtiyor kulgingiz keladi. Butun tanasi mayda tangachasimon patlar qoplangan. U bizga oq ko‘ylak va frakdan iborat erkaklarning kechki kiyimini eslatadi.
Tarixga qadar bo‘lgan pingvinlar bo‘yi deyarli ikki metr bo‘lgan. Bunday kattalikdagi pingvinlar bizda hozir qanday taassurot qoldirishini ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring. Shu kunlarda pingvinlarning 17 turi mavjud, ularning eng kattasi balandligi 1 metr keladigan va og‘irligi 36 kilogramm tosh bosadigan shoh pingvindir.
Burun zamonlarda pingvinlar qushlar misoli ucha olgan. Hozirgi paytda o‘sha qanotlaridan uchishga yaroqsiz o‘simtalar qolgan. Bu hol qanday yuz bergan? Uning bir ajablanarli tomoni shundaki, pingvinlarning deyarli dushmani bo‘lmagan. U Antarktidaning juda olis joylarida yashagani uchun unga hujum qiladiganlar topilmagan. Shuning uchun ham u hayotini ham quruqlikda, ham suvda bemalol o‘tkaza olgan.
Qanotidan foydalanmagan pingvinlar avlodi o‘zgarishi bilan qanotlari qattiqlashib va kichrayib, bora-bora uchishga yaroqsiz holga kelib qolgan. Shu barobarda ular suzish va suv tagida turish borasida mahoratli bo‘la borgan! Pingvinlarda yashash joyidagi dahshatli sovuqdan saqlaydigan qalin yog‘li qatlam hosil bo‘lgan.
Odamlar pingvinlarni yog‘i uchun ov qilishadi, balki ularning qirilib ketishidan asraydigan qonun qabul qilish lozimdir.