Nega sayyoralar har xil?

Sayyoralarning bizga har xil bo‘lib ko‘rinishi sababi ularning har biri turlicha moddalardan tashkil topgani bilan bog‘liq. Ularning har biri Quyosh atrofida aylanishi va Quyosh sistemasining qismlari bo‘lishiga qaramasdan, tarkibi bir-biridan farq qiladi.

Sayyoralar nimadan tarkib topgani to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam va bu inson o‘tkazilgan va o‘tkazilajak kosmik tadqiqotlar yordamida javob olishga intilayotgan muammolardan biridir.

Keling, yaxshisi, har bir sayyoraning tarkibi haqidagi mavjud ma’lumotlarni bir-bir ko‘zdan kechiraylik.

Merkuriy — kichik tog‘li dunyo. Unda bir qancha qoramtir joylar va ko‘plab kraterlar mavjud, ammo na atmosfera va na suv yo‘q.

Venera — Cho‘lpon tumanli dog‘lardan iborat oq shar. U deyarli butunlay oq bulutlar qatlami bilan qoplangan. U yerdagi oq bulutlar suv bug‘laridan emas, tuz kislotasi bug‘laridan iborat. Bulutlar ostida esa tarkibi nafas olish uchun yaroqsiz karbonat angidrid gazlaridan iborat atmosfera mavjud. Bu atmosfera ko‘rpa singari Quyosh nurini yutadi, natijada sayyora yuzasidagi temperatura Selsiy shkalasi bo‘yicha 500 darajagacha ko‘tariladi. Shuning uchun ham Cho‘lponda suv yo‘q.

Mars — Mirrix undagi sahrolar rangiga qarab qizil sayyora deb ataladi. U Yerdan ikki marta kichik, uning yupqa atmosferasi karbonat angidrid gazidan tarkib topgan. Bu gazda bulut hosil bo‘ladi. Mirrixda biror-bir hayot nishonasi yo‘q. Buning sababi undagi temperatura juda sovuqligi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.

Saturn — Zuhal, asosan, suyuq vodoroddan tarkib topgan. Uning atrofida bir qancha yorqin halqalar bor. Bu halqalar son-sanoqsiz zarralardan iboratdir. Zarralar sayyora atrofidagi o‘z orbitasi bo‘ylab kichik oylar singari harakat qiladi. Uranning ham Zuhalnikiga nisbatan qoramtir halqalari bor. Neptun — xira yashil sayyora. Pluton esa — Quyosh sistemasining eng mitti sayyorasi. Uning orbitasi cho‘zinchoq ko‘rinishda bo‘lgani uchun ham ba’zan Neptunga nisbatan Quyoshga yaqinroq keladi.

Olimlarning kosmosni sun’iy yo‘ldoshlar va avtomatik stantsiyalar orqali tadqiq qilishi Quyosh sistemasining har bir elementi — unsuri haqida ko‘proq bilib olishlariga yordam beradi.

Biz to shu kungacha boshqa sayyoralarda u yoki bu shaklda hayot bor-yo‘qligi to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega emasmiz. Mutaxassislar kosmik tadqiqotlar o‘tkazish orqali bu savolga javob izlashmoqda. Lekin shuni aniq bilamizki, hayot mavjud bo‘lishi uchun ma’lum shart-sharoitlar talab etiladi.

Buning uchun, avvalo, zarur temperatura kerak. Barcha tirik organizmlar faqat ma’lum, qulay temperatura mavjud bo‘lgandagina yashay oladi. Jazirama issiq yoki qattiq sovuqda hayot paydo bo‘lmaydi. Tiriklikning yana bir zarur sharti suvdir. Barcha tirik mavjudotlar uchun suv kerak. O‘simliklarga yorug‘lik bilan bir qatorda mineral moddalar ham zarur. Hayvonlarga ozuqa manbai talab etiladi. Ular o‘zlari ozuqa topolmaydigan joylarda yashay olmaydi.

Erdan boshqa hech bir sayyorada bunday zarur sharoitlarning barchasi mavjudmi? Boshqa sayyoralar to‘g‘risidagi bilimlarimizga tayanib, yo‘q, deb javob berishimiz mumkin. Endi misollarga murojaat qilaylik.

Cho‘lpon Yerga eng yaqin sayyoradir, uning o‘lchamlari ham Yernikiga o‘xshash. Uzoq vaqtlar bu ikki sayyora egizaklar deb atalgan. Shunga qaramasdan, Cho‘lpon qalin oltingugurt kislotasi bulutlari bilan qoplangan. Uning atmosferasi bo‘g‘uvchi karbonat angidrid gazidan tarkib topgan. Atmosfera bosimi juda yuqori. Temperatura sayyora yuzasida Selsiy shkalasi bo‘yicha 460 darajagacha yetadi. Bu hayot paydo bo‘lishi uchun juda issiqlik qiladi.

Mirrix atmosferasi, asosan, karbonat angidriddan iborat. Shunga qaramasdan, uning yuzasidagi temperatura Selsiy shkalasi bo‘yicha 29 darajadan yuqori ko‘tarilmaydi. Ammo — 85 darajagacha tushib ketishi mumkin. Sayyoradagi ozgina miqdordagi suv ham doimo muz holida.

Demak, zikr etilgan sayyoralarning birortasida ham hayot uchun maqbul shart-sharoit yo‘q. Yerga yaqin sayyoralarda hech bir shaklda hayot yo‘qligi shu tarzda isbot qilingan.