1917 yilning martida shoh Nikolay 2 o‘z taxtidan voz kechishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga Georgiy Yevgenevich Lvov boshchiligidagi muvaqqat Hukumat qaror topdi. Biroq u uzoq yashamadi. Iyul oyida advokat Aleksandr Fedorovich Kerenskiy bosh vazir etib tayinlandi, biroq turli qarama-qarshiliklar tufayli har tomonga qarab tortilayotgan uning hukumati ham xalq orasida obro‘-e’tibor qozona olmadi. Bir qancha tarkibidagi a’zolari u qadar ko‘p bo‘lmagan, biroq ta’sir kuchi hiyla sezilarli bo‘lgan inqilobiy guruhlar Kerenskiy hukumatiga qarshi muholifat tashkil qildilar. Bu guruhlarning ichida eng kuchli ta’sir kuchiga ega guruh Lenin boshchiligidagi bolsheviklar partiyasi edi.
Urush Rossiyani tanazzulga olib keldi. Frontdagi askarlar jang qilishdan bosh tortishardi. Kerenskiy mehnatkashlar qo‘mitalariga, ya’ni ishchi va askar deputatlarining Sovetlariga qurol-aslaha tarqatdi, zero u bu Sovetlarning ko‘magidan umidvor edi. Biroq bu uning xatosi edi: ko‘pgina Sovetlardagi hokimiyat tez orada leninchi bolsheviklar qo‘liga o‘tib ketdi.
Lenin 7—11 noyabrda bo‘lib o‘tgan Sovetlarning s’ezdida boshqa inqilobiy guruhlarning ko‘magi yordamida Kerenskiy hukumatini qulatilgan deb e’lon qildi. 1917 yilning 7 noyabrida qurollangan ishchi va soldatlar Pyotrograddagi Muvaqqat Hukumat joylashgan Qishki saroyni ishg‘ol qilib qo‘lga oldi. Kerenskiy hukumati deyarli qarshilik ko‘rsatmadi va hibsga olindi.