Siz biror marta kapalaklar hech qachon ovqat yemaydi, deguvchi odamlar bilan gaplashib ko‘rganmisiz? Bu haq gap kapalaklarning ayrim turlariga tegishli, sababi uning kapalakka aylanish jarayoni bilan bog‘liq.
Kapalaklar umri davomida 100 tadan bir necha mingtagacha tuxum qo‘yadi. U o‘z tuxumlarini iloji boricha, zurriyotlari uchun foydali bo‘lgan o‘simliklarga joylashtirishga harakat qiladi. Agar o‘sha joyda bir xil o‘simlik o‘ssa, u o‘z tuxumini ana shu o‘simlikka qo‘yadi!
Bu tuxumlardan mayda chuvalchangsimon lichinkalar unib chiqadi va ular kapalak qurti lichinkalari deyiladi. Ular oziqlanib, o‘sa boshlaydi, bu orada ularning terisi bir necha marta tushadi. Mana shu davrda kapalak qurtlari nuqul ovqat yeydi va shu tariqa hayotining yangi bosqichi — kapalakka aylanish davriga zaxira hozirlaydi. Ovhat yog‘ hosil qiladi, undan qanot, panja, so‘ruvchi naylar va hokazo a’zolari tarkib topadi. Ana shular kapalakni qurtidan ajratib turadi.
Ma’lum bir vaktga kelib, kapalak qurti o‘zgarish davri kelganini sezadi va alhol atrofiga kichkinagina pilla to‘qiydi. Uning terisi va boshi uzilib tushib, gumbak hosil bo‘ladi. Keyin u tanasi uchidagi o‘tkir igna bilan pillani teshadi.
G‘umbak bir necha hafta yoki oy uxlashi mumkin. Bu orada u o‘zgarib boradi va to‘liq shakllangan kapalak bo‘lib chiqadi. Biroq dastlabki paytlari ucholmaydi. U qanotlari rostlanib, temirqanot bo‘lguncha bir necha soat kutib o‘tiradi. Dastlab parvozga shayligini bilish maqsadida qanotlarini silkib ko‘radi va ishonch hosil etgandan so‘ng havoga ko‘tariladi.
Aytgancha, parvonalarning hayoti ham shu tarzda kechadi. Bilasizmi, parvonalarning turi kapalaklarnikidan ko‘p!