Ilonlarga qaraganimizda, biz uzun va silliq, oyoqsiz, boshi uzun dumiga birikib ketgan hayvonni ko‘ramiz.
Biroq boshi va dumi orasida katta, murakkab gavdasi mavjud. Ilonlarning boshqa umurtqali hayvonlarga xos umurtqasi, ovqat singdiradigan sistemasi, jigari va yuragi, mushaklari, bezlari va boshqa a’zolari bor.
Ilonlarning ajralib turgan e’tiborli tomoni — oyog‘ining yo‘qligi. Yana bir o‘ziga xosligi — ilonlar nigohiga joduli sifat beradigan harakatlanuvchi qovog‘i yo‘qligi.
Aksar ilonlarning o‘pkasi bitta. Shuning uchun ham boshqa a’zolari uchun ko‘p joy qolgan. Piton va boshqalarining o‘pkasi ikkitadan.
Tashdan qaraganda ilonlarning boshida qulog‘i yo‘q. Ammo ular yer tebranishiga juda sezgirdir. Ular eshitish qobiliyatini to‘ldiradigan boshqa sezgilarga egadir.
Ilonlarning ko‘pchiligi yaxshi ko‘radi. Ular o‘ljasini shakli va rangidan ko‘ra harakatidan yaxshiroq ilg‘aydi. Ilonlarning sezgi a’zolari yaxshi rivojlangan, ular ovqatga yaroqli hayvonlarni, dushmanlarini hidiga qarab ajrata oladi.
Ilonlar o‘z ulushini havodan, yerdan va boshqa joylardan topadi hamda ovqati va boshqa narsalarning kimyoviy tarkibini maxsus a’zolari orqali aniqlaydi.