Er osti g‘orlari va tog‘lardagi chuqurliklar grot deb ataladi. Ular qanday paydo bo‘ladi? Bu savolning ikkita javobi bor: yo suv sizib o‘tib, tog‘ jinslarini yemirishi, yo asov dengiz to‘lqinlarining doimiy ravishda sohil bo‘yidagi qoyalarga urilishi oqibatida vujudga keladi. Ko‘pincha grotlar ohaktoshli qoyalarda hosil bo‘ladi, chunki ohaktosh dengiz suvi tarkibidagi ishqorlar ta’sirida tezda yemirilib ketadi.
Sohilbo‘yi grotlari to‘lqinlarning yillar davomida hoyalarga urilishi natijasida hosil bo‘ladigan darzlar va chuqurliklardan vujudga keladi. Sher, ayiq, bo‘ri kabi ayrim jonivorlar grotlarda yashaydi. Grotlar ko‘rshapalaklar va boshqa hasharotlarga ham boshpana bo‘lib xizmat qiladi. Dengiz sohillaridagi grotlarda qisqichbaqasimon jonivorlar, baliqlar yashashini gapirmasa ham bo‘ladi.
Qoyalardagi g‘orlar — grotlarni tadqiq qiladigan olimlar speleologlar — g‘orshunoslar, g‘orlar haqidagi fan esa speleologiya — g‘orshunoslik deb ataladi. G‘orshunoslar ishi xavfli bo‘lishi bilan birga qiziqarli hamdir. Frantsiyaning janubida Padirak, Per Sen-Marten, Aven-Arman kabi mashhur g‘or — tunnellar bor.