Mavjud va qachonlardir yashagan hayvonlarga taqqoslanganda odam nisbatan ulkan emas. Kelinglar, endi sayyoramizdagi eng katta hayvonlar haqida gaplashamiz.
Kit akulasi va gigant akula kattaligi bo‘yicha ko‘k kitdan keyin turadigan tirik maxluqlardir. Ular baliqlar sinfining insonga ma’lum bo‘lgan eng yirik vakillaridir: ularning bo‘yi 15 metrdan 18 metrgacha yetadi!
Ba’zi odamlar akulalarning hammasi odamxo‘r, deb hisoblaydilar hamda kit akulasining kattaligidan kelib chiqib, odamni tiriklay yutib yuboradi, deya xayol qiladilar. Agar akula shunday qilishni xohlaganda ham bu uning qo‘lidan kelmasdi. Uning tishlari kichkina, uzunligi 3 millimetr atrofida, tomog‘i diametri esa bor-yo‘g‘i o‘n santimetrdir. Shundan ko‘rinib turibdiki, bu ulkan nahang okeandagi eng kichik hayvonlar, masalan, sardina hamda mayda boshoyoqli mollyuskalar bilan oziqlanadi.
Chuchuk suvda yashaydigan baliqlar orasida Janubiy Amerikada yashaydigan arapayma yoki piraruka hisoblanadi. Og‘irligi 200 kilogrammga yetadigan bu baliqning bo‘yi to‘rt metrga yetadi. Bakrabaliqlarning ko‘p vaqtini chuchuk suvda o‘tkazishini e’tiborga olib, uni chuchuk suvda yashovchilar turiga qo‘shsak, chuchuk suvda yashaydigan baliqlarning eng kattasi u sanaladi. Bakrabaliqlarning bo‘yi 8 metr va og‘irligi 1460 kilogramm keladiganlari ovlangan.
Eng mayda baliq qaysi? Uzunligi 6 millimetrdan oshmaydigan, Filippin orollari atrofida yashaydigan pandaka pigmeyadir! Bu baliq umurtqalilarning eng kichigi bo‘lsa ajab emas.