Buyuk Karlning mamlakati qanday edi?

Karl o‘zining zabt etuvchi yurishlarini davom ettirdi, biroq u zobitlik bilan birga missionerlik faoliyatini ham qo‘shib olib borardi, ammo uning bu faoliyati o‘ta qattiq qo‘llik bilan amalga oshirilardi. Shimoliy Germaniyada Britaniyaga ko‘chib o‘tishni xohlamagan sakslar yashashardi. Karl ularni o‘ziga bo‘ysindirib nasroniylikni qabul qildirdi. Janubda Karl mavrlardan Ispaniyaning shimolini tortib oldi, biroq bungacha uning Ronseval (Pireneyada) darasidagi janglarida eng yetakchi sarkardasi Roland halok bo‘lishiga to‘g‘ri keldi. Ushbu voqea tez orada juda ko‘p qo‘shiq va afsonalarga mavzu bo‘ldi.

800 yilga kelib Karl endi franklarning butun yerlari, Germaniyaning g‘arbiy qismi va Shimoliy Italiyaga hukmronlik qilardi. Franklarning qiroli Karl, endilikda qayta tiklangan Rim imperiyasining hukmdori qirol Buyuk Karl edi. Buyuk Karl zamonasida G‘arbiy Yevropada franklar hukmronlik qildilar. Imperator har tomonlama cherkovni qo‘llab-quvvatlar, uning yordamida esa fan va maorifni jonlantirishga urinardi. Uning saroyida hamisha mamlakatdagi u saroydan bu saroyga ko‘chib ma’rifat tarqatib yuruvchi alloma rohiblar bo‘lardi, masalan ular orasida anglosaks alloma Alkuinni yoki vestgotlik shoir Teodulfni uchratish mumkin edi. Garchand Karlning o‘zi shaxsan yozishni bilmasada, biroq lotinchani va yunon tilini tushuna olardi. Aynan Buyuk Karl birinchi bo‘lib o‘zining qo‘l ostidagilar uchun qonunlarni to‘plashni va ularni alohida tarzda yozib qo‘yishni joriy etgan.

O‘xshash maqolalar: