Xalqaro guruh O‘zbekiston Milliy radioaktiv chiqindilarni ko‘mish korxonasida xavfsizlik choralarini ko‘rdi

15 noyabr kuni AQSh Energetika departamenti/Milliy yadro xavfsizligi ma’muriyati, Buyuk Britaniyaning Biznes, energetika va sanoat strategiyasi departamenti hamda O‘zbekiston hukumati birgalikda Respublika radioaktiv chiqindilarni ko‘mish korxonasida radioaktiv materiallarni xavfsiz saqlanishini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan jismoniy himoya dasturlarini yakuniy tekshiruvdan o‘tkazdi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar beradi.

Qiymati 330 ming dollar bo‘lgan ushbu qo‘shma loyiha yadro va radioaktiv moddalar terroristlar qo‘liga tushib qolishining oldini olish bo‘yicha qilinayotgan keng ko‘lamdagi umumiy sa’y-harakatlarda muhim bir bosqich sanaladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Radiatsiya xavfsizligi markazi rahbariyati mamlakatdagi radioaktiv chiqindilarni ko‘mish korxonasidagi yakuniy tadbirda qatnashdi. Unda Markaz rahbariyati korxona uchun yadroviy va radiologik terrorizmning oldini olish maqsadida AQSh, Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi davomiy hamkorlik namunasi sifatida asosiy xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratish o‘ta muhimligini ta’kidlab o‘tdi. 

“Radiologik terrorizm xavfini yumshatish yo‘lida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik mustahkam bo‘lib, biz kelgusida ham bunday zarur faoliyatni davom ettirish tarafdorimiz”, – dedi Milliy yadro xavfsizligi ma’muriyati qoshidagi yadro qurolini tarqatmaslik bo‘limi rahbari o‘rinbosari Enn Herrington.

Yadro xavfsizligi idorasi orqali Milliy yadro xavfsizligi ma’muriyati yuqori faoliyatli radioaktiv materillarni terrorizm yo‘lida ishlatishning oldini olishda global xavfsizlikni kuchaytiradi. Radiatsiya xavfsizligi idorasi butun dunyodagi hukumatlar, sanoat korxonalari hamda tibbiyot muassasalari bilan birgalikda ish olib boradi, ularni jahon andozalariga mos texnologiya, maxsus bilim va tajriba, trening, manbalarni qayta tiklash, shuningdek, radiologik materiallardan foydalanuvchilarni muqobil o‘rindosh strategiyalar bilan ta’minlaydi. Yadro xavfsizlik idorasi muhim tibbiy, tadqiqotga oid va tijoriy maqsadlarda qo‘llaniladigan radioaktiv manbalarni himoya qilish, ishlatishga yaroqsiz radioaktiv manbalarni olib chiqish va tasarruf etish hamda noradioazotopik muqobil texnologiyalarni qabul qilish va rivojlantirishni rag‘batlantirish vositasida yuqori faoliyatli radioaktiv manbalarga bo‘lgan global qaramlikni kamaytirish maqsadida faoliyat yuritadi.