Naytxart Hyofer-Vissing: Germaniya va O‘zbekiston hamkorligida hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p

2016 yilda Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 520,1 million dollarni tashkil etdi. Shu tariqa Germaniya savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha O‘zbekistonning yettinchi raqamli hamkoriga aylandi. Bu haqda 15 senyatbr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor davomi…

Turkiston shahrida “Turk dunyosi adabiy nashrlari muharrirlarining 7-kongressi” bo‘lib o‘tdi

Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahridagi Ahmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk xalqaro universitetida 12-13 sentyabr kunlari “Turk dunyosi adabiy nashrlari muharrirlarining 7-kongressi” o‘tkazildi. Kongress Yevrosiyo Yozuvchilar uyushmasi, TÜRKSOY, TİKA tashkilotlari va Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi. Unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, davomi…

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrulloga “Turk dunyosida yilning adabiyot kishisi” mukofoti berildi

Turk dunyosining 2017 yildagi madaniy poytaxti Turkiston shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Turk dunyosi adabiy nashrlari muharrirlarining 7-kongressi”da Yevrosiyo Yozuvchilar uyushmasining “Turk dunyosida yilning adabiyot kishisi 2016” mukofoti buyuk o‘zbek shoiri va yozuvchisi Shukrulloga taqdim etildi. 96 yoshli Shukrullo domla kongressga kela davomi…

Hakim Termiziyning «Saraxs ahli so‘ragan masalalar» va «Kasbning bayoni» nomli kitoblari chop etildi

«Hilol-nashr» nashriyot-matbaa majmuasida Abu Abdulloh Muhammad Hakim Termiziyning «Saraxs ahli so‘ragan masalalar. Kasbning bayoni»  nomli kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu ikki risola Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh tarjimasida chop etildi. Taqdimot marosimida nashriyot rahbari Ismoil Muhammad Sodiq va Toshkent davomi…

Turkiya G‘alabaning 95 yilligini bayram qilmoqda

Turkiya Respublikasi mamlakat hayotidagi muhim sana, 30 avgust – G‘alaba kunini keng tantana qilmoqda. Shu munosabat bilan Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ham qabul marosimi uyushtirdi. Diplomatlar, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokidagi tadbirda Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi davomi…

Ziyouz portali Istanbulda «Turk dunyosi yosh yozuvchilari uchrashuvi»da ishtirok etdi

14-18 avgust kunlari Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Yevroosiyo Yozuvchilar uyushmasi tashkil etgan «Turk dunyosi yosh yozuvchilari uchrashuvi»da Ziyouz ma’rifiy portali ham ishtirok etdi. O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Kipr, Kosova, Makedoniya, Iroq, Eron kabi davlatlar davomi…

Nurettin Janikli: “Etti yoshdan yetmish yoshgacha turk xalqi O‘zbekistonni chinakam do‘st o‘lka deb biladi”

2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari Turkiya Respublikasi harbiy o‘quv yurtlari va markazlarining tayyorlov kurslarida o‘qitiladi. Turkiya milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli hamda O‘zbekiston mudofaa vaziri Qobul Berdiyev o‘rtasida joriy yil 26 iyul kuni Toshkentda bo‘lib uchrashuv yakunida davomi…

Turkmaniston Osiyo o‘yinlarini Olimpiada darajasida o‘tkazmoqchi

25 iyul kuni Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasida Ashxobod shahrida joriy yil 17-27 sentyabr kunlari o‘tadigan V Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Elchixona attashesi Xanturdi  To‘rayev xalqaro musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilgani va Turkmaniston sportchi va mehmonlarni qabul qilishga shay ekanini ma’lum qildi. davomi…

15 iyul – Turkiya qayta tug‘ilgan kun

Turkiyada 2016 yil 15 iyul tunida yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinishning bir yilligi butun mamlakat miqyosida  birodarlik va birdamlik kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Istanbulda yig‘ilgan ko‘p ming sonli xalq oldida chiqish qilgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat birligi va kelajagini davomi…