Islomiy ta’lim muassasalariga qabul e’lon qilinadi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufida diniy ta’lim muassasalari 2015-2016 o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi.

Toshkent islom institutiga abituriyentlar 20 iyundan 20 iyulgacha quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
– Rektor nomiga ariza.
– Ma’lumoti haqida hujjat: attestat yoki o‘rta maxsus islom bilim yurtini bitirganligi haqida diplom (asli).
– Yashash joyidagi masjid imomidan yo‘llanma.
– Sog‘lig‘i haqida tibbiy ma’lumotnoma (U-086-shaklida).
– 6 dona 3×4 hajmda fotosurat.
– Pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi).
– Yashash joyidan ma’lumotnoma.
– Harbiy xizmatga aloqadorligi haqida hujjat (asli).

Quyidagi fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari topshiriladi:
– o‘zbek tili va adabiyoti (test);
– ma’naviyat va ma’rifat (og‘zaki ijodiy);
– chet tili (og‘zaki ijodiy);
– O‘zbekiston tarixi (test).

Toshkent Islom instituti manzili:
Toshkent shahri, Zarqaynar ko‘chasi, 18-berk ko‘cha, 47-uy.
Tel: 240-05-87, 240-03-58

O‘rta maxsus islom bilim yurtlariga abituriyentlar 20 iyundan 10 iyulgacha quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
– Bilim yurti mudiri nomiga ariza.
– Ma’lumoti haqida hujjat (asli).
– Yashash joyidagi masjid imomidan yo‘llanma.
– Sog‘lig‘i haqida tibbiy ma’lumotnoma (U-086-shaklida).
– 6 dona 3×4 hajmda fotosurat.
– Tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi).
– Yashash joyidan ma’lumotnoma.
– 16 yoshdan kattalar uchun harbiy xizmatga aloqadorligi haqida hujjat (asli).

Quyidagi fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari topshiriladi:

– o‘zbek tili va adabiyoti (diktant);
– ma’naviyat va ma’rifat (test);
– chet tili (test);
– tarix (test).
Izoh: qabul imtihonlari materiallari to‘kqiz yillik maktab dasturi asosida tuziladi.

O‘rta maxsus islom bilim yurtlari manzillari

«Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus Islom bilim yurti
Toshkent shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 46.
Tel: 244-12-82, 249-30-90.

«Mirarab» o‘rta maxsus Islom bilim yurti
Buxoro shahri, F. Xo‘jayev tumani, Xo‘janurobod, 16.
Tel: 224-21-76, 224-45-97.

«Muhammad Al-Beruniy» o‘rta maxsus Islom bilim yurti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri.
Tel: 229-03-20.

«Mulla Qirg‘iz» o‘rta maxsus Islom bilim yurti
Namangan shahri, Uychi, 359.
Tel: 224-34-62.

«Sayyid Muhyiddin Maxdum» o‘rta maxsus Islom bilim yurti
Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Jalabek, 7.
Tel: 224-68-70, 260-77-74.

«Xoja Buxoriy» o‘rta maxsus Islom bilim yurti
Qashqadaryo viloyati, Kitob shaxri, Zargarlik, 4.
Tel: 54-27-425, 54-27-225.

«Faxriddin ar-Roziy» o‘rta maxsus Islom bilim yurti
Xorazm viloyati, Urganch shahri, Y. Bobojonov ko‘chasi, 43-a uy.
Tel: 227-25-80.

«Jo‘ybori Kalon» ayol-qizlar o‘rta maxsus Islom bilim yurti
Buxoro shahri, Havzi Nav, 92.
Tel: 223-88-44.

«Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus Islom bilim yurti

Toshkent shahri, Uchtepa tumani, O‘rikzor dahasi, Zarafshon ko‘chasi, 15-uy.
Tel: 299-24-11.