Dunyo musulmonlari soni 1 milliard 600 millionga yetdi

Amerikaning Vashington ilmiy-tekshirish markazining tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2050 yilga kelib yer yuzidagi musulmonlar  soni nasroniylardan ortib ketadi. Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Islom diniga e’tiqod qiluvchilar bir milliard olti yuz million nafar bo‘lib, sayyoramizning 23 foiz aholisini tashkil qiladi. Amerikada yahudiylar son jihatidan nasroniylardan keyingi o‘rinda turadi. Ammo yaqin o‘n yillikda musulmonlar soni yahudiylardan oshishi turgan gap, deya xabar beradi Muslim.uz.

Bu hol Ovrupa mamlakatlarida ham o‘zining keskin ta’sirini namoyon etadi. Masalan, 2060 yilda Olmoniyaning 82 million nafar aholisi 77 milliongacha qisqarish ehtimoli bor. Hindistondagi musulmonlar soni esa, hozirgi kunda musulmon aholisi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Indoneziyadan o‘tadi.