Ibrohim G‘afurov (1937)

Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim G‘afurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ildi. 1956-1961 yillarda SAGU (hozirgi O‘zMU) ning filologiya fakultetida o‘qidi. 1961-1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. 1995 yilda “Milliy davomi…

Ibrohim G‘afurov: “Aql va yurak ma’nosini izlayman…” (2013)

Adabiy tanqidchilik adabiyot rivojining, bosib o‘tgan yo‘lining tarixi, buguni va istiqbolining o‘ziga xos solnomasidir. Tanqid saralamoqdir, degan nuqtai nazaridan kelib chiqadigan bo‘linsa, adabiy tanqidning jarayondagi o‘lchamlarini yanada teranroq anglaymiz. Adib, tarjimon, munaqqid Ibrohim G‘afurov bilan quyidagi muloqotimiz bugungi kun adabiy davomi…

Ibrohim G‘afurov. Hayot – muallim

Gapni uzoqroqdan boshlasammikin deyman. 1945-1946 yillarning ko‘klami, kunlar ilib, ko‘k­simiz uzoq qishdan so‘ng yayrab qolgan. Toshkentning shimol tomonlarida chakalakzor, do‘lanazorlar oralab ajib bog‘lar bag‘rida qamish tomli, yakkasinch, guvala uyli Teshik qopqa mahallasi joylashgan. Pochcham va otam urushdan qaytishdi. Pochcham temir davomi…

Abdug‘afur Rasulov. Boshqalarga o‘xshamas olim edi

Tal’at Solihov hayot bo‘lganida sakson yoshga to‘lardi. Vafot etganida ellik to‘qqiz yoshda edi. Uning hayoti Toshkent Davlat universiteti bilan bog‘liq: talaba bo‘ldi, aspiranturada o‘qidi; dissertatsiya himoya qildi, dotsent unvonini oldi; 1984 yilda O‘zbek filologiyasi fakultetiga dekanlik qildi; 2-3 yil Afg‘onistonga davomi…

Ibrohim G‘afurov: “Qodiriy qoshida qizarmaysizmi?” (2013)

– Ibrohim aka, Sizni so‘z muhiblari zakiy mu­naqqid, yetuk tarjimon, mohir adib va tang­layi kitob bilan ko‘tarilgan ziyoli deb biladi. Ijozatingiz bilan badiiy tarjima mavzusida suhbatlashsak. Menimcha, tarjimaga asar tanlashingizning o‘zi bir maktab. Hamisha “baland dorga osilgansiz” – mualliflarni chertib-chertib davomi…

Yangi avlod ovozi (Qozoqboy Yo‘ldoshev, Umarali Normatov, Ibrohim G‘afurov) (2013)

XULOSA: Ibrohim G‘afurov javoblari: O‘zbekiston va uning xalqi ko‘z ochib yumguncha Istiqlolning chorak asriga yaqinlashib qoldi. Adabiyotchilar uchun bu endi adabiy jarayonlar borasida masofadan turib fikrlash va ayrim xulosalar chiqarishga imkon beradi. Bugun hamda ertaga qanday yo‘llar, yo‘nalishlarda yozish ma’qul, davomi…

Ibrohim G‘afurov. Zamon va tarjima

Terminlar har qanday ilm, har qanday hodisaning, aloqa-kommunikatsiyalarning o‘zagidir. Tilshunoslar va tarjimonlar yaxshi biladilarki, har qanday terminlar ortida hayot va hayot ortida terminlar qad rostlab turadi. Ularning milliy til maydoniga kirib kelishi, ifodalaydigan ma’nolar doirasi, til ichida qanchalar o‘zlashishi tarjimonlar davomi…

Ibrohim G‘afurov. Adir olmasi (2010)

Falsafa va falsafiy fikr, g‘oyaning qimmati hayotda bilinadi. U odamlar turmushini qanday o‘zgartirolganiga qarab baholanadi. Fikru g‘oya hayotning koriga yarasa, chigalliklarga javob topa olsa, jarohatlarga malham bo‘lolsa, uning qog‘ozda qolib ketmagani shu. Badiiy so‘z goho juda ko‘p narsalarga qodir. Goho davomi…