Chet tillar bo‘yicha innovatsion metodlarni rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi tanlov e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 23 maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1971-sonli Qarori asosida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida yangi “Chet tillar bo‘yicha innovatsion metodlarni rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi” tashkil etildi.

Isajon Sulton. Og‘riq tog‘i (hikoya)

“…U tog‘ taraflarga borishni ancha yillardan beri orzulagan bo‘lsam-da, shu mahalgacha sira nasib qilmagan edi. Qayerlardadir, janubi-sharqda ekanini bilardim. Tabiiyki, ko‘rinishi, nabototi va unda o‘sadigan dov-daraxt haqida sira tasavvurim yo‘q, bilganim – o‘zimizning azaliy viqor to‘kib turadigan Tiyonshon, Chotqolu Oloy, davomi…

Isajon Sulton. Suvdagi kosa (hikoya)

…Shamol parpiragi, aylan tinmasdan! Olis-olislardagi begona diyorlardan esuvchi to‘lqinlar seni ham men kabi aylantirsin! …Bolaligimdan beri dengizga, dengiz bo‘yida yashovchi kishilarga havas qilardim. O‘kirib-pishqirgan, tevarakni qarsillagan kuchli sadolarga to‘ldirib mavj urgan to‘lqinlarni, dengiz uzra shitob bilan to‘planuvchi bulutlarniyu ularning oralarida davomi…

Isajon Sulton. Yangi yil kechasida (hikoya)

Kecha qorong‘iligida yomg‘ir shivalab yog‘ardi. Qoramtir daraxtlarning ko‘lkalari aro tomchilar entiktiruvchi shitirlardi.Shu bugun dunyo yangi yil kirib kelishini nishonlamoqda, ko‘chalar turli chiroqlarga va yozuvlarga to‘la, havo sovuq, rutubatli, odamlar qor yog‘ishini qattiq istashgan, ammo tushdan keyin bir xilda izillab yomg‘ir davomi…

Isajon Sulton. Sofiya (hikoya)

(bir muhabbat hikoyasi) Yaqindagina ro‘y bergan, tabiatni yakson etib, shiddatli sellar paydo qilgan dovul mahali chaqmoq urgan bir kishining holidan xabar bermoqchiman. Chunki avvalboshda oddiygina tuyulgan shu hikoya bir oz vaqt o‘tgach, nazarimda boshqa ma’no kasb eta boshladi. “Sofiya” so‘zi davomi…

Isajon Sulton. Sog‘inch (hikoya)

Shaftoli shoxidaman,Onamning yonidaman,Boray desam yo‘l uzoq,Otamni sog‘inaman…(Bolalar qo‘shig‘i) Bir necha kundirki sovuq tushdi. Ertalab sahar tashqariga chiqsangiz, hammayoqni ko‘z yetadigan olis-olislargacha oqish qirov-bulduruqlar qoplab yotganini ko‘rasiz. Kechalari etni o‘yib, suyakni zirqiratar darajada sovuq shabada esadi, bu izg‘irinda yaqindagina issiq-issiq ko‘z davomi…

Isajon Sulton. Ota qasidasi (hikoya)

Muhtasham bir binoning oynavand kirish eshigi oldida ko‘kish zarhal kiyim kiygan ikki baquvvat darbon zerikib turar edi.Yomg‘ir shivalab yog‘ar, qizil tosh terilgan yo‘laklar, qimmatbaho arobalar turli- tuman chiroqlar yog‘dusida tovlanib ko‘rinardi.Kishilar shosha-pisha yo‘lakdan o‘tib bormoqda edilar. Saldan keyin usti yomg‘irda davomi…

Nusrat Rahmat. Manzaralar

ZULM O‘tgan asrning yetmishinchi yillarida “Qishloq haqiqati” gazetasining viloyatlararo muxbiri bo‘lib ishlaganimda, ancha−muncha dono, tadbirkor raislarni bilardim. Jomboylik rais urush (1941−1945) ishtirokchisi bo‘lib, front taassurotlari, kontslager azoblarini so‘zlab berishni yoqdirardi.Mash’um “O‘zbeklar ishi” bilan ko‘p raislar, jumladan jomboylik birodarim ham qamoqqa davomi…

Anvar Suyunov (1983)

Tavallud kunim:  1983 yilning 29-apreli. Men tug‘ilgan yurt: Samarqand viloyatining sharqiy tegrasi, mamlakatimizning dengiz sathidan eng baland hududi, G‘o‘bdintog‘ adirlaridagi Eshmonto‘b qishlog‘i. Men ilk tahsil olgan maskan: Bulung‘urning 25-o‘rta umumta’lim maktabi. Keyingilari: SamDU qoshidagi litsey-internat, O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti. Birinchi davomi…