Natsume Soseki (1867-1916)

Natsume Kinnoske (夏目 金之助) (9 fevral 1867 – 9 dekabr 1916, Tokio), Natsume Soseki taxallusi bilan mashhur(夏目 漱石) — yapon yozuvchisi, zamonaviy yapon adabiyotining asoschilaridan biri.

“Xayku to‘plami” kitobidan

* * *

Tiniq oy.
Vataning qanchalar olis, a,
Ko‘lankam mening.

* * *

Butun tun bo‘yi,
O‘sdi, bor kuchi bilan intildi
Va voyaga yetdi banan!..

* * *

Yil adog‘iga yetmoqda.
Oyoqlarim yonginasida
Nazokat-la mudrab yotar mushuk ham.

* * *

Ketganlar uchun ham,
Qaytganlar uchun ham
Qaytmoqdadir turnalar.

Ruschadan Tursun Ali tarjimalari