Sobir Rustamxonli (1946)

Shoir, publitsist, olim va jamoat arbobi Sobir Rustamxonli (Sabir Rüstəmxanlı) 1946 yilda Yordamli tumanining Hamarkent qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirgach, Boku Davlat universitetining filologiya bo‘limida o‘qigan. “Qishloq yo‘li” degan ilk she’ri 1964 yilda “Ozarbayjon yoshlari” gazetasida bosilgan. “Adabiyot va injasan’at” gazetasida, “Yozuvchi” nashriyotida bosh muharrir, Ozarbayjon respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasida rais bo‘lib ishlagan (1967— 1993).
1990 yilda deputat bo‘lib saylandi; u “Vatandosh hamraylish” partiyasi raisi, Milliy Majlis depugatidir. Qirq yildirki, u o‘z she’rlari, o‘tli publitsistik asarlari, adabiy-ilmiy maqolalari bilan Ozarbayjon adabiyoti va jamiyatining rivojlanishiga, o‘z xalqi milliy tushunchasining shakllanishiga, yuksalishiga xizmat qilib kelmokda.
Uning “Tanimoq istasang” (1970), “Sevgim, sevinchim” (1974), “Xabar kutib” (1979), ‘Tanja qapusi” (1981), “Yasha, ona tilim” (1983), “Qon yoddoshi” (1986), “Umr kitobi” (1989), “O‘lganda bayroqqa o‘ralurmen”, “Ichimdagi dard og‘ochi”, “Bu yurt menga tanish”, “Zamon mendan kechar” (1995) kabi yigirmadan ortiq kitoblari bosilgan. Bu asarlarning ko‘pchiligi rus, turk va boshqa chet tillarga tarjima qilingan. Ayniqsa, “Umr kitobi” bir necha turkiy tillarga ag‘darilgan va Ozarbayjondagi kitobxonlar mehrini qozongan.

TOG‘LAR

Yuksakdan yo‘l solib, o‘rdan oshmadim,
Qo‘rqdim, ahdimizni buzarsiz, tog‘lar.
Sizga mos she’r bitib, qaynab-toshmadim,
U she’rni o‘zingiz yozarsiz, tog‘lar.

Qo‘shiq aytay desam, kelmaydir sasim,
Endi yo‘l yurishga yetmas nafasim,
Orqaga qaytishga yo‘qdir havasim,
Qabrimni qoyada qazarsiz, tog‘lar.

Oq tuman ko‘ringay bayrog‘im kabi,
Sharshara tinmagay so‘rog‘im kabi.
Oyni, yonib turgan chirog‘im kabi
Kechalar ustimga osarsiz, tog‘lar…

SORBON

Bu yo‘llarda men bir sorbon,
Karvonimga hurganni ko‘r!
Yaxshiligim Haqqa ayon,
Yomonligim ko‘rganni ko‘r!

Egri qarab do‘st-yoriga,
Xarom qo‘shib bozoriga,
Yurtning tarix — mozoriga
Kirib, toptab yurganni ko‘r!

Vatan bog‘i chechak ochar,
Chechagimiz yog‘du sochar…
O‘zi ekmay, har yebqochar
Bog‘bon kabi turganni ko‘r!..

SAQLASIN

Yo‘l topolmay, yuz tutarmen Tangriga,
Ishimizni so‘zimizdan saqlasin.
Bu bir darddir, kim tuymasa, u tuyar,
Bir ozganni yuzimizdan saqlasin.

Tepamizni tog‘lar shohi deb bildik,
Kulbamizni saroydir deb lof qildik.
Ochko‘z bo‘ldik, do‘st haqqini ham yuldik,
Ko‘z tekkanni ko‘zimizdan saqlasin.

Haq istagan yarasiga tuz qo‘ydi,
Nafsin yomon ko‘rgan uni bot tiydi,
Ilk hosildir, pok niyatdir, pok uydir —
Ko‘cha ko‘rgan izimizdan saqlasin.

Ming uy isir bir o‘choqning qo‘riga,
Yuz mard tushar bir nomardning to‘riga,
Qo‘shin kerak — har sotqindan qo‘rigay,
Ko‘pimizni ozimizdan saqlasin.

Umrni qo‘l qildi bahsga bahsimiz,
G‘iybat so‘qdik bo‘g‘ilganda sasimiz,
Belimizga ko‘p yuk qo‘ydi nafsimiz,
Qornimizni og‘zimizdan saqlasin.

Ters boqishdan og‘u tomar cho‘rakka,
Sovuq so‘zdan shayton kirar yurakka,
Yolg‘iz qoya uzra tuman tez cho‘kar,
Sevgimizni nozimizdan saqlasin.

Uy qurgan men, qo‘shnim quduq qazgandir,
O‘ng qo‘l yasab, chap qo‘l uni buzgandir,
Boshqasiga javob bermoq osondir —
Olloh bizni o‘zimizdan saqlasin!..

QISMATIM

Oramizda Oraz bo‘lding,
Kechadirman baxtim, seni!
Tuban yerdan olib, ko‘kka
Uchadirman, baxtim, seni!

Zamonlarning oqishinda
Zolimlarning yoqishinda,
Qardoshlarning boqishinda
Quchadirman, baxtim, seni!
Qirg‘oqsiz bir nahr bo‘lsang,
Quyoshsiz bir sahar bo‘lsang,
Dunyo to‘la zahar bo‘lsang —
Ichadirman, baxtim, seni!

OTI GO‘ZAL

Oting — yuragimni bezagan orzu,
Otingday go‘zal, sho‘x bo‘la olsang, kel!
Bahori vafosiz o‘tgan umrimga
Yangi bahor bo‘lib kela olsang, kel!

Yuragim ingraydir, zamondan xorg‘in,
Keraksiz tashvishu gumondan xorg‘in.
Umrimning ko‘zi ham tumandan xorg‘in,
U tuman pardasin yula olsang, kel!

Hijron yo‘ldosh, yo‘lga qayg‘u uzandi.
Baxtsizligim ko‘rib, baxtim o‘sandi.
Tole kuldirganda, kulmoq osondir,
U yig‘la deganda, kula olsang, kel!

Bir kuni o‘limim qo‘limdan tutgay,
Mindirar falaklar hurkitgan otga;
Qabrimda ruhimdek ko‘kargan o‘tga
Ko‘zyosh to‘kib, uni silay olsang, kel!..

MIKOIL BAXShI

Eshigingni qoqdik, Mikoil bobo,
Ustoz oyog‘iga kelganlardanmiz.
Dedilar, ko‘z yoshi qurimas aslo,
Qardosh yoshin arta bilganlardanmiz.

Ming bir dardimizning davosi sozing,
Hayot eshigini ochar har so‘zing,
Boshingga toj bergan tolemi, o‘zing?
Millat shoni! Senga yelganlardanmiz.

Ustingdan falakning to‘foni ezar,
Mardliging Eronni, Turonni kezar,
Kishining ishi ham o‘ziga mengzar,
Bir mayizni xalol bo‘lganlardanmiz.

Odilni chaqirding, javob kelmadi,
Bu zindon dunyoda yuzing kulmadi,
Qayg‘ungga sevingan g‘ofil bilmadi,
Bizlar ham oxirda kulganlardanmiz.

Kumush sochlaringni chulg‘ab saharga,
Yuz yilning tizzasin tekkizding yerga,
Haqqa topinganlar tosh qo‘ygan qirga
Biz ham bosh qo‘yguncha o‘lganlardanmiz.

ChIDOLMAYMAH

Erkin o‘sgan tog‘ o‘timan,
O‘rganga hech chidolmayman.
Achchiq so‘z-la jon achitib
Turganga hech chidolmayman.

Kesib yolg‘on qo‘li bilan,
Osib talon yo‘li bilan,
Holim ilon tili bilan
So‘rganga hech chidolmayman.

Yo‘limizni bura-bura,
Ko‘ksimizni yora-yora,
Suyakdan ko‘shk qura-qura
Yurganga hech chidolmayman.

Mol yig‘aver, yo‘ldan ozgan.
Biroq o‘lim qabring qazgan.
Ey baxtimni qora yozgan,
Qorangga hech chidolmayman!…

Orzularim yonar bir o‘t,
Orzularim o‘sar bir o‘t,
Dunyo iti, naridan o‘t,
Hurganga hech chidolmayman!…
1985 yil

SO‘ZING QOLDIMI?

Men bilan har yerda tortishma, sotqin,
Haqdan so‘ylamoqqa so‘zing qoldimi?
Sotding bu millatning paxtasin, neftin,
Bozorga solgani bo‘zing qoldimi?

O‘zga qo‘g‘irchog‘i, o‘zga sasisan,
Asillar tinganda, aks sadosisan,
Qo‘ldan qo‘lga o‘tgan pul qog‘ozisan,
O‘z ranging qoldimi, yuzing qoldimi?

Elni parchalading, malaysan yotga,
Sen ham zamon qilgan bir yanglish, xato.
Aql maydonida pul o‘tmas, otam,
Tikka olishmoqqa tizing qoldimi?

Yovni sevintirding, bizni bo‘zlatding,
Yotga gul uzatding, menga tosh otding,
Millatning o‘tini dushmanga sotding,
Endi isinmoqqa ko‘zing qoldimi?

Kelgan farmonlarga har jumlang to‘la,
G‘o‘daygan, shu kunga qoldingmi? O‘l-a!
Pok vijdon so‘zini og‘zingga olma!
Boshdan ayrilgansan, esing qoldimi?

Sizlar kuladirsiz, men g‘am toshiman,
Har siniq ko‘ngilning suhbatdoshiman,
Men qoya yozuvi, qon yoddoshiman,
Boq, milliy yo‘llarda izing qoldimi?

SINMA

G‘am yurakni qish etar.
G‘amni ko‘klar eshitar.
Bu ham Alloh ishi-da,
Tonma, qardoshim, tonma!

Boy berganim bu chog‘dir,
Nomard, sotqin qochog‘dir.
O‘zing qazgan o‘chog‘dir,
Yonma, qardoshim, yonma!

O‘z yo‘limiz shul emish,
O‘z ruhimiz qul emish,
O‘ng qo‘limiz so‘l emish,
Aldanma, sen aldanma!

Endi ko‘z yoshing artgil,
Endi har yo‘lingni bil!
Chumolini yana fil —
Sanab, qo‘rqib, pislanma!

Tulki kelar qasdingga,
Qarg‘a kelar po‘stingga,
Dunyo kelar ustingga —
Sinma, qardoshim, sinma!
1994 yil

XALIL RIZO
(Marsiya)

Qirq yil o‘z kafaningni o‘z bo‘g‘zingda tashiding,
Ko‘ksingni handaq etding, handaqlarda yashading,
Menga faqat do‘st emas, qoni bir qardosh eding,
Daftari o‘choqtoshi, yo‘l toshi Xalil Rizo!
Nasimiyning, Jovidning yo‘ldoshi Xalil Rizo!

Yog‘iy o‘ydi ko‘zlarni Kalbajarda, Lochinda,
Xalq ikki yo‘l boshinda, Vatan olov ichinda,
Millatning botir so‘zi qalamining uchinda,
O‘lkasiday so‘zi qon, ko‘ksi qon Xalil Rizo!
Tiriklay shahid yurgan qahramon Xalil Rizo!

Yurak to‘zmas, bu yurtni bo‘ldi chala-yarimlar,
Ko‘zida g‘am bulog‘i, ko‘zida yildirimlar,
Tobutda ham Tabriz deb hayqirar — tinglar kimlar…
Qalam-la tosh sindirgan, tog‘ yorgan Xalil Rizo!
Tabrizdan, Qorabog‘dan nigoron Xalil Rizo!

Bolalarday soddadil, dohiyday ruhi sinmas,
Egri do‘stdan ezilib, tog‘ bossa-otib, tinmas,
Terisi shilinsa-da iymoni hech shilinmas,
Karvon chekmagan dardni chekkan bir Xalil Rizo!
Boshni millati uchun tikkan bir Xalil Rizo!

Endi uncha farqi yo‘q ne yaxshilik, yomonlik,
So‘zning yo‘li mangulik, umr yo‘li bir onlik,
Senga makon berarkan, shon topdi qabristonlik,
Kulgusi o‘zini-da kuldirgan Xalil Rizo!
Bardoshi o‘limni ham o‘ldirgan Xalil Rizo!

Yuragini siqardi o‘rgimchaklar dunyosi,
Qo‘rqoqlar, sotqinlarning qafasi tor dunyosi,
Dushmanga fursat bergan kunning murdor dunyosi,
Qalamida jahonni silkitgan Xalil Rizo!
Ummondek to‘lqin otib, hurkitgan Xalil Rizo!

Terding Turon chechagin Turkistonlar sasindan,
Oltoydan Oqdengizga yurishlar havosindan,
Ozodlik ruhing uchdi umring tor qafasindan,
O‘tim, o‘t qo‘riganim, Uluturk Xalil Rizo!
O‘limidan tug‘ilgan, ey buyuk Xalil Rizo!..

TOPShIR MENI

Tag‘in ruhga qayg‘u to‘lar,
Yog‘iy tilar, zamon talar.
Balki qo‘ling malham bo‘lar,
Qo‘llaringga topshir meni!

Men naslimning kurashiman,
Qilichiman, ko‘z yoshiman.
Yolg‘iz qolgan oqqushiman,
Ko‘llaringga topshir meni!

Dunyo hushsiz, mozor ekan.
Sevgan ko‘zga sanchar tikan.
Go‘daklarning “Ota!” degan
Tillariga topshir meni!

BOQA OLMADIK

Qarg‘andikmi, sehrlandik –
Tilsimdan chiqa olmadik.
Yuraklarga iblis kirdi,
Yurakni yiqa olmadik.

Dunyo quch deb qo‘l berilgan,
Ne’matimiz mo‘l berilgan,
Boshdan ming-ming yil berilgan,
Biriga sig‘a olmadik.

Ko‘z ko‘rolmas qosh deganni,
Xushlamaymiz xush deganni,
Qo‘l berib, qardosh deganni
Qo‘lini siqa olmadik.

Tarix tuymas sasimizni,
Er unutar izimizni.
Sharr qoraytmish yuzimizni,
Ollohga boqa olmadik…

Ozarbayjon tilidan Tohir Qahhor tarjimasi

MILLATDAN AYRILSIN

Bu bizning Naxchivon, bu bizning Mug‘on,
Bu bizning Qorabog‘, Bu bizning Shirvon.
Hammamiz bir yurak, hammamiz bir jon,
Kim aytar ayirar tirnoqni etdan,
Ayirmoq istagan ayru millatdan.

Quvonch biznikidir, dard ham bizimdir,
Eltuvchi siynamdir, to‘zgan tizimdir,
Mening o‘z Bakumdir, o‘z Tabrizimdir,
Har uy o‘z uyimdir bu mamlakatda,
Ayirmoq istagan, ajrar millatdan!

Hamiyat, shud berdi qayg‘ukash ona,
Ming yil, ming soy oqdi bitta ummonga,
Tutma bu olovni, qo‘llaring yonar,
Hammaga qarz tushdi so‘ng barakotdan,
Ayirmoq istagan ajrar millatdan!

Bir ishqqa aylandik cho‘qilganda don,
O‘sha chashmadandir tomirlarda qon,
Hammaga o‘sha sir bo‘ldi bu zindon,
Barqirab chiqamiz bu haroratdan,
Ayirmoq istagan, ajrar millatdan!

Buluti yog‘ishdan, soylari seldan,
Aqli kesaridan, qilichi beldan,
Tangrini ilhomdan, kuylarni dildan,
So‘zi achchig‘idan, qo‘li zahmatdan,
Ayriliq istagan ajrar millatdan!

Karvoni giryaga do‘ngan deyildi,
Siynasi ko‘klardan engan deyildi,
Yuz joyin bog‘lasang so‘ngan deyildi,
U shamki olishib yonar qudratdan,
So‘ndirmoq istagan ajrar millatdan!

QALAMGA

O‘z xo‘ja tilingdan asil qalamim,
Ey qusur qalamim, Qizil qalamim!. .
Qalam yo yog‘ochdan, yo toshdan bo‘lar,
Laylakdan, ko‘mirdan, qamishdan bo‘lar,
Qizilda yozilgan so‘z qizilmidi?
Qizilga kasrli so‘z yozildimi?
Balki chiritdilar murakkabini,
Balki yetkizaman qaynar ta’bini.
U zindon yeriga ko‘rishga ketgan,
U jang maydoniga ko‘rishga ketgan,
Millatning o‘ziga yolg‘on pishqirgan,
Zaharli ko‘zidan ilon pishqirgan
U qanday vazifa, qanday mashmasha,
Saning to‘foningdan sal yiqilmasa,
Qonimni ichayin qon yuqilari,
U don bozorining “yon” qo‘nimlari,
Vatanin ruhini tugashi bilan,
U olib bermog‘i rasmiy ish bilan
Yana yod so‘zlarin qiyini oldda,
Sendagi saf qani unutilguncha,
Sening shuhratingni, sening kuchingni,
Saning qissalaring unutilguncha,
Ket yig‘lar qalbimga qisin, qalamim.
Ket mozoring bo‘lgan ko‘hna chibimdan,
Kesilgan til kabi asil qalamim!..

ONA YIG‘LAMASIN

Dunyoda onalar hech yig‘lamasin,
Onalar yig‘lasa chiday olmayman.
Sohibsiz ummondir ona kadari
Uni so‘na kabi chaqa olmayman.

Hech qachon onalar yig‘lamasin,
Dunyo yetimlashar ona yig‘lasa.
Onaning ko‘ziga g‘am tilaganlar
Onaning ko‘zini jonday saqlasin.

Chekaman onaning qahor payini,
Ichaman onaning zahar payini,
Onaning ko‘ziga g‘am tilaganlar,
Yolg‘iz onalar yig‘lamasin.

Qo‘y oq chechaklarni tuzay sochiga,
To‘kilsin sochining oqi gullarga
Ona ko‘zarida g‘amni ko‘rmayin,
G‘ami yozga do‘nsin, ohi gullarga…

Yolg‘iz onalar yig‘lamasin,
Cho‘qqimdir, tog‘imdir bori shon bo‘lsin.
Ol-quyoshlik kuyish unga yarashmas,
Onaning kunlari sevinchga to‘lsin!
Yolg‘iz onalar yig‘lamasin,
Ona g‘amlariga chiday bilmayman!. .

BITMAS YO‘LChILIK

Torimda qurganimni qum ayirdi, qon ortdi,
To‘fonlarla kelmishdim manida to‘fon o‘tdi,
Qashqardan kelgan karvon toleyimdan yon o‘tdi,
Takla-Makon yo‘lidan tez-tez yig‘lablar kechdim.

Oltoy yana hadafda, Uyg‘ur er savashida,
Har toshda bir doston bor vurg‘un bor savashida,
Kush bo‘lib qanotlandim, Uch Semurg‘ning boshidan,
Tangri tog‘da sasimdan nevlay saqlanib kechdim.

Qulog‘imda xalqimning tarixdan kelgan sasi,
Men ham bir so‘z so‘yladim tarixning qulog‘iga,
Ruhimda qon tomiriday ilkin yo‘l xaritasi,
Chiqdim talaba vaqti Turkiston so‘rog‘iga.

Bu Boshqirdning tuprog‘i, qoraligi ko‘z olar,
Turk yurtlari otini tanishgan talabalar.
Unda Ufali do‘stlar mani Aqidel kabi,
So‘roqlar bir sevgila safar bitganga qadar.

Oq qayin ham sham kabi qalqir qora tuproqdan,
Og‘achlar ishqi seli, ilhomimning bahori…
Ilk ko‘rish, ilk hayronliq, bizda bu choyga mengzar,
Uzun qish uyqusidan uyg‘onur tuyg‘ularim…

Baqiriq zerikishdan-parchalanar qafasi,
Siynasi ochilguncha, ochilar chayning sasi,
Yurak ham ozodlikning, ham bahorning tashnasi,
Manda Boshqirdistonda bu ishqni tuyib kechdim.

So‘ngra dardli kirimim… El surgun, oti qolur,
Tuprog‘in har qatida dardining oti qolar,
Xaroba yurtlarida bitmas faryodi qolur,
Go‘ytepa yo‘llaridan qurtdek ilayib kechdim.

Bog‘chasaroy yig‘layur, ko‘zini silari yo‘q,
Shu tog‘ qal’asi shu sir, sirini bilgani yo‘q,
Qaxramon yer tagida, ustida qolgani yo‘q,
Zamon ro‘zg‘ori bo‘ldim, toshni yaladim kechdim.

Litvada so‘roqladim ayri tushgan edlarni,
Vilnyus o‘rtasida dupullaydi dillari,
Goh yig‘laydi, goh kular bu yerning go‘zallari,
Yondimu ko‘zingdagi yoshla yoshlanib kechdim.

Qozonda suhbat ochdik, tataning qudratidan,
Dunyolarga sig‘magan, otidan, suhbatidan.
Qozon bilan Bakuning so‘ngsiz muhabbatidan
Qozonlik do‘stlarni bir unda sayib kechdim…

Tangriga sadoqatla qilich sirpagan erlar,
Baland ko‘tarar bo‘yin, zafarla yana zafar,
Yangi Kama ustida kuch olur minoralar,
Manda qadim Bolqarga duomni yoyib kechdim.

Quyosh xotiralari yuragimni o‘ynatur,
Xushbaxtlik qanotida yer kichik doiradir.
Tole shanki ilk da’fa sevilmoqni o‘rganur.
Bir shoira qalbini chopib talayib kechdim.

Kavkazda qanday vurg‘un majlisida qo‘l ochdim,
O‘rxunu, Yeniseyga men birinchi yo‘l odim
Kiprisda zamilarning sarisiga bulandim
Kerko‘kda bir abadiy o‘choq qalayib kechdim…

Xivada tanidilar, ishondim, Tabrizdaman,
Samarqandda O‘g‘izdan me’ros qolgan izdaman.
Buxoro rang to‘foni, so‘ngsiz bir dengizdaman,
Bizga dil uzatganni man da qarg‘ayib kechdim.

Bu o‘ziga do‘nishdi, na Meteya, ne Nuna,
Qo‘li manim qo‘limda to‘qinibdi bu xona,
Har uchrar asirimda aylandim tog‘ ruhina,
Muqaddas og‘ochlarga parcha bog‘ladim ketdim.

O‘rxonda toshga do‘ndim, okeanga oqmadim,
Chin devorin ustida Chinga qarab boqmadim.
Mongolga ot sayirtdim, bo‘zqurtlarga sig‘madim,
Qo‘shilib Boy choyiga man ham sog‘ayib ketdim.

Fozilligi zamonning noqisni chiritmagay,
Dushmanin gar to‘qimi cucarsa da bitmagay,
Ko‘rdim qoya toshiga yozganlarim ketmagay,
Turk kuchlidir, na zamon? Bunda yo‘qlanib kechdim!

Na mukammal iroda, na ulug‘ millat emish,
Tarixi qabaqlagan na sirli surat emish.
Balki bobolarimning otlari qudrat emish,
Quyoshni bayroq etib, oyni o‘g‘irlab qaytdim!

Maralliqda ter to‘kib, Oltin ko‘lda bo‘zladim,
Qobuz yonib yoqildi, tog‘larni qovuzladim,
G‘irotlarga yetmoqqa, uchoqlarni sozladim,
O‘rdamni bayroqladim, yurtni yig‘layib kechdim!

* * *

Otilib oh kabi bir kun bu kamondin chiqdim,
Ming shukrki, axir ohdin-omondin chiqdim.

Birga “jon” kalmasini olmoq uchun dilbardan,
Desam bo‘lmas yolg‘onim ming da’fa jondan chiqdim.

Ko‘p edi u siz to‘kin saqlashini bosh so‘zdan,
Xalqimu, millatimning man ham bu yondan chiqdim.

Har so‘zimdan qon hidi kelmasa ham mandan kech,
Chunki tarix mani hey, bo‘g‘uvchi qondan chiqdim.

Ul qadarki, to‘ladir o‘lka imonsizlardan,
Balki bir kun qo‘shilib man ham imondan chiqdim.

BIR GO‘ZAL QOR YoG‘AR

A’lo go‘zal qor yog‘ar, qish ham yodimdan chiqar,
Chechak qiyolaganda yosh ham yodimdan chiqar…

Elakda elanganday to‘kar ko‘ngil porasin,
Ko‘kdan milyon ko‘z yog‘ar-to‘sganicha qorasin.

Bu oppoq parashyutlar – Tangring desantlari,
Chopur ko‘kdan yergacha bulutning oq otlari.

Qo‘nmoqqa joy axtarar niholday oq qushlari,
Aylanur oq xoliga o‘qilmagan naqshlari.

Milyon arsh ham chekilib ko‘k yuzidan ko‘rinadi,
Bu oppoq parchasini hammaga bo‘linadi.

Yuz mingta qaychi bo‘lsin bu oq iplarni kesmas,
Qo‘lim oq varaqlarni chevirmoqqa talashmas…

Qor uyidir ko‘klarning sassiz qor deyirmani,
Sovuq quvonch oldida isinar yering sani.

Bu ilohiy yaxshilik xotirasi nalarni?
Onamning ko‘zlarida uya qurgan qadrmi?

Eritib ufqlarni, olovli nafasi-la,
Oq chechakli bog‘lardan bo‘y ko‘rsatgan saharmi?

Oq simlarda chalinur eng sassiz ohanglarim.
Qadr-la qorishig‘im, kul bo‘lmish orzularim.

Nega muzlab qolyapman, nega oqardi boshim,
Qo‘y ketib sas-sadosiz bu oqliqqa qorishay…

MEN SEN BILAN

Sochingga to‘kilgan oq izlar kabi,
Yo‘llaringda dala, u tuzlar kabi,
Oy kabi, kun kabi, kunduzlar kabi,
Men sen bilanman.

Samo yulduzladi, cho‘qqi qorladi,
Ona qayg‘uladi, og‘och bargladi,
Yurak nag‘maladi, tog‘ viqorladi,
Men sen bilanman…

Sensiz har nafasim dardga aylansin,
G‘amdan qasosim bor – hassa tayansin,
Yo‘llar ham uzaysin, hasrat ham yonsin,
Men seningman.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi