Turbyorn Egner (1912-1990)

Turbyorn Egner (Thorbjørn Egner, 12 dekabr 1912 — 24 dekabr 1990, Oslo) — norveg yozuvchisi va dramaturg. Asosan bolalar uchun asarlar yozgan.

SIChQONBIBI ALLASI

Erka sichqoncham, alla,
Ko‘zi cho‘lponcham, alla.
Parvonaginam, alla,
Hamma uxlar bu palla.

Shirin tush ko‘rar ari,
Mudraydi pashsha pari.
Uxlab qoldi tulki ham,
Sen ham uxlayqol, bolam!

Nurulloh Oston tarjimasi