Blez Sandrar (1887-1961)

Blez Sandrar (Blaise Cendrars, haqiqiy ismi — Frederik-Lui Soze, Frédéric-Louis Sauser, 1 sentyabr 1887, La-Sho-de-Fon, kanton Nevshatel — 21 yanvar 1961, Parij) — shveytsariya va frantsuz shoiri, yozuvchi.

OROL

Orol.
Orol.
Orol, hech vaqt, hech qayga boylanmagan joy.
Orol, yo‘lin topib sudrab bo‘lmagay zinhor.
Orol, avji zo‘r gullar-la burkangan zamin.
Orol, bekingaydir qoplon misoli.
Orol, sukut qa’rida.
Orol, qimir etmagay,
Unutib bo‘lmas makon
Va nomsiz xilqat.
Men tuflimni irg‘itdim qayiq ortiga,
Sababi, senga borishni men-da xohladim, orol.

Ikrom Otamurod tarjimasi