Lyubomir Levchev (1935)

Lyubomir Spiridonov Levchev (27 aprel 1935, Troyan, Bolgariya) — bolgar shoiri, adib. Yevropa san’at, fan va madaniyat akademiyasi haqiqiy a’zosi (Parij, Frantsiya).

YuLDUZLAR — MENIKI

— Yulduzlar — meniki!
— aytyapman bu gapni jiddiy. —
O‘tinaman, kulmang!
Nima, menga ishonmaysizmi?
— Bolakay, yulduzlar yiroq axir!,
Rasmini chizishing mumkin ulvrning
son ham boshqalarga ergashib,
shunda balki yupanar ko‘ngling!
Yulduzlarga sira yetib bo‘lmaydi.
Fusunkordir ular
shuning uchun ham…
— Sizga qanday uqtirsam ekan, ular
menikiligin!
Bo‘lsaydi eshita bilmoq hissingiz,
siz ham ilg‘ardingiz sirli saslarni —
jamiki tirik jon, jami nabotot,
hattoki toshlar ham gapira olar.
Yulduzlar ham so‘zlar o‘z tillarida —
shivirlashar ular menga har oqshom:
— Biz — senikimiz!
— Xayolparast, bahslaringni qo‘y!
Shuni juda hohlasang agar,
egasi bo‘la qol ularning, mayli!
Menga inonmaslar!…
Yulduzlar, ular — yiroq,
biz esa depsinamiz zaminda hanuz.
Zamin, zamin, zalvarlisan sen,
lekin umidsizlik sendan og‘irroq.
Zamin, zamin,
bog‘lamoq bo‘lganlar seni ham,
axir, gardaniga nahangning…
O, sindirmang yurak qanotlarini!
Bo‘lmasaydi o‘jar orzumand zotlar,
telbalar, ahdidan chekinmas, qaysar,
bo‘lmasaydi xayol fidoyilari,
hilpirar edimi bu kun ol bayroq,
o‘roq va bolg‘asi ila muzaffar?
Men ham shu asrda topdim tavallud.
Soldilar meni ham jangovar tug‘dan
tikilgan davrning belanchagiga.
Uchqun porlar mening ko‘zlarimda ham!
Zero sinf meni yo‘llamish jangga,
bo‘lsin orzularim jangari, mag‘rur,
mag‘rurroq Spartak orzusidan-da!
Qalbim, ikkilanma, ezilma,
kibrli idrokning istehzosidan.
Bilaman,
umidim sovrilar mening,
qachonki yer quyosh tevaragida
charx urishdan charchab, to‘xtasagina…

O‘YLAR

Hammamiz,
hammamiz, aslida, quruvchilarmiz,
bo‘lak qismatdan gap ochish behuda,
xuddi yuragingni kuydirib turgan
sevgi bayonidek ortiqchadir bu.
Kremikovitsadamisan sen bugun,
yo «Vostok-Maritsa» TESida,
yo qo‘shiqlar to‘qilmaydigan
bo‘lak bir joydamisan,
farqi yo‘q, sira.
Turibmiz ismsiz erta oldida.
Tekislar serhafsala
skreper inshoot zaminini,
tenglashtirar kishilar haq-huquqlarin.
Gumburlab aylanar betonqorgichlar,
so‘ndirib tuhmatlar, ginalar sasin.
Afsonavor havozalar ostida
bu kun o‘z ismini olajak har kim.
Aniq.
Kisqa.
Plan sarhisobin qayd etguvchi raqam singari.
Ijobiy qahramonlar yo‘q oramizda.
Oramizda yo‘q, salbiy qahramonlar.
Bizlar — odamlarmiz.
O‘ktam.
Yoki ojiz.
Jasur.
Yoki qo‘rqoq.
Dilgir.
Yoki xurram.
Ishonuvchan.
Yoki shafqatsiz.
Barchaga kerak bu haqqoniy hukm,
kommuna ostonasida turgan barchaga.
Mayli, zo‘r qudrat-la aylana bersin
buyuk davrning tosh maydalagichi.
Tashla unga,
Chaqir toshlarni tashla,
ushbu kun bo‘g‘zingda tiqilib turgan,
yoki yuragingni ezgan toshlarni.
Bilsang, chiqar shunda eng pishiq beton!

HORG‘IN AYoLLAR HAQIDA BALLADA

Turishibdi horg‘in ayollar
zavod yaqinidagi bekatda,
ular avtobusni kutishyapti,
kutgan kabi kechikayotgan jazmanlarini.
Shomlar izg‘irinli.
Yo‘lning ma’lum nuqtalarida porlar neonlar.
Ustundan ustunga taralar xabar:
Yo‘l bo‘lar kumush rang.
Yo‘l bo‘lar kumush rang.
Yo‘l bo‘lar kumush rang.
So‘nggi bekatgacha.
Belanar kumushga horg‘in ayollar.
Ular horganlarki shu qadar,
chiroyliroq bo‘lishga hatto, madorlari yo‘q.
Chunki kum elashgan zambil elakda.
Chunki xamir qorgan ular betondan.
(To‘zonlar yaltirar sochlari uzra.)
So‘ng esa…
Chunki ular tongni qarshilaganlar.
Chunki ular to‘yintirib quyoshni,
uyquga uzatganlar…
Keldi avtobus ham, olar ularni dim og‘ushiga.
Mizg‘iydilar ular tik turib.
Chayqaladilar.
Jilmayadilar…
Yangi xonadonning sohibalari,
onalari — keng koinotning,
tushlaringizni o‘paman men,
o‘zingiz ham eslay olmovchi.

ChARChOQ VASVASASI

Safarlar.
Safarlar.
Safarlar.
Barcha katta yo‘lda.
Barchaning yuzini kuydirar shamol.
Talpinadi barcha oliy maqsadga.
Biroq charchoq xuruj qilar bir zamon.
Quyosh —
qora qurtdek — qora nurlari
bilan vujudingni oladi chirmab.
Miyang qizib ketar.
Elitar seni lojuvard chashmaning ko‘ng‘irok sasi.
Itqitasan ortiq narsalaringni.
(Og‘irlik qiladi hatto maktublar.)
etarmi bardoshing?
Dadil bo‘lingiz!
Ko‘rdim shu soniya murg‘akligimdan
birga inoqlashib o‘sgan yigitni.
Bolaligim do‘sti zimdan,
sezdirmay itqitib tashladi o‘z yuragini,
zalvarli,
musaffo yuragini, ha!
So‘ng jilmayib ham qo‘ydi u badkor.
O‘zini yengil his etdi-yu, keyin
quvvat-mador kirib oyoqlariga
shaxdam odim otib ketdi u yo‘ldan,
ketdi shamollarga tutib yuzini,
ketdi oliy maqsad sari talpinib…
Shamollar,
tin oling bir daqiqaga!
Sukut qil, soat!
Jim!
Eshitgim kelyapti o‘z yuragimni,
qandoq uryapganin eshitmoqchiman.
Hojati yo‘q, boshqa narsaning.

MAHBUSLAR KUY TINGLAMOQDA

Ular unutdilar qandoq yashashni.
O‘lmoqqa o‘rgandilar ular.
Sudralarlar kul rang yo‘lda sharpadek.
Buyruq-la yurarlar,
To‘xtarlar buyruq-la.
Kor qilmas ularga endi hech kiynoq.
Ammoki odamlar razil, toshbag‘ir!
Lang ochib tashlamish derazalarni,
deraza raxida turgan patefon
to‘kardi yo‘l uzra ko‘hna romansni…
Chang yutgan mahbuslar
bosh ko‘tardilar, momaqaldiroqni tuygan podadek,
to‘xtadilar, toshdek kotdilar.
Quvnoq ko‘hna romans ular ko‘zini
to‘ldira boshladi unsiz dard bilan.
Jallod esa hayron:
«Nahot, dard chekishni bilar ular ham?»
To‘kishi mumkinmi sharpalar ko‘zyosh?
Bu kuy mahbuslarga kerakdir nechun?
Odamlar buncha ham razil, toshbag‘ir!

NAFRAT

Xoin qaytib keldi.
Juda qo‘rquvda.
Uni o‘q kutmoqda.
Lekin otilmas, otilmas u o‘q.
Nega u meni tanladi
bu ishni bajo aylamoqqa?
Bilmayman.
Biroq tuyar qalbim —
u tinmay chorlar.
Men bilaman uning sho‘rlik qismatin.
Men unga taom tutmoqlikka
hozir ham shayman.
Biroq bundoq kimsadan men
o‘kni ayayman!
Ha. Mening o‘qim
erga urmas o‘z sha’nin!

* * *

Shoir, nega g‘amgin sukutga cho‘mding?
Shoir, so‘yla bizga, qaydadir najot?

Garchi bahslidir hozir ham she’ring,
Lekin bahslarga chorlamas, hayhot!

Telba isyoningga barcha ko‘niqdi,
Yangi usulingni barcha oldi tan…

Xuddi muhabbatsiz bo‘sadagidek,
Bundayin itoat — luzumsiz, tuban.

Mirpo‘lat Mirzo tarjimalari