Rafiqul Husayn

* * *

Kichik shaharlar-u,
Katta shaharlar
Qabrlarga to‘lib boradi kulrang.
Eshitilar mog‘or bosgan suyaklar
Faryodi – burda non so‘rashar go‘yo…

Dubulg‘a ovozi keladi tiniq,
Shamol esa tinmay esaveradi.

Daraxtlar ham – yolg‘iz,
Qabrlar – yolg‘iz.
Sukunatni olib o‘tar hayqirib.

Qushlar chug‘urlaydi,
Chug‘urlarida
Silkinib uchadi po‘choqlar, barglar.

Kichik shaharlar-u,
Katta shaharlar
Qabrlarga to‘lib boradi kulrang.

O‘limning yengidan to‘kila boshlar
Asabiy tovushlar, asabiy so‘zlar.
Homilador ayol ko‘ylaklarining,
Shamol etagidan ertak sochilar.

Ingliz tilidan Oygul Suyundiqova va Zuhra Asqarova tarjimaci