Bipuljyoti Saykia

PANA JOY

Qanday oson topib olmoq
Sening pana joyingni.
Sen haqdagi har bir xabar
Kelib tushar qo‘limga,
Kirib borar uyimga.
To‘rt tomonda to‘rtta devor,
Balandlab boradi tol.

Qanday oson topib olmoq
Sening pana joyingni.
Sen haqdagi so‘zlar – yolg‘on,
Yo‘llarni aylanasan.
Qadamingni zo‘rlab-zo‘rlab
Olib kirasan uyga,
Uning uyiga…

Ingliz tilidan Oygul Suyundiqova va Zuhra Asqarova tarjimalari