Tibet maqollari (15 ta)

• Qanchalik oz yuksakda uchsang, tushganingda shu qadar oz ranjiysan.
• Dushman qancha aqlli bo‘lsa, u shuncha xavfli.
• Faqatgina idrok insonni bezay oladi.
• Baxt va iztirob ko‘rmagan inson qayg‘u va xursandlikni bilmaydi.
• Yutishdan oldin yaxshilab chayna, ishni bajarishdan avval obdon o‘yla.
• Birinchi qadamdanoq afsus chekkan inson tog‘ tugul qirni ham zabt etolmaydi.
• Tutun chiqyaptimi, demak, qayerdir yonmoqda.
• Non xaltangizga qarab yeng, yo‘lga qarab qadam tashlang.
• Hatto Budda ham, agar u sopoldan yasalgan bo‘lsa, daryoni kechib o‘tganda omon qolmaydi.
• Agar otaning xususiyatlari bolaga o‘tmasa, quyonning labiga darz qayerdan kelgan?
• Sandal daraxti shoxini uyga qancha berkitmang, uning hidi xonadonni tutadi.
• Sovuqdan gul tashlagan daraxtdan yaxshi meva kutmaydilar.
• Kiyim odamni ko‘rsatadi, qamchi — itni.
• Birgina ip qamchi bo‘lmaydi, bir dona daraxt — o‘rmon emas.
• Oz so‘z — tushunarli bo‘ladi, ko‘p gap — boshni muzlatadi.

Davronbek Tojialiyev tarjima qildi.

Tibetlar, tibetliklar (o‘zlarini — pyoba deb ataydilar) — Tibetning asosiy tub aholisi. Tibetning deyarli barchasi Xitoy xalq respublikasi (Tibet avtonom rayoni, Gansu, Sinxay, Sichuan, Yunnan viloyatlari)da, bir qismi Hindiston, Nepal, Butanda yashaydi. Umumiy soni 5,4 mln. kishi. Tibet tilining turli shevalarida so‘zlashadi. Dindorlari, asosan, buddaviylar.


Ziyo istagan qalblar Telegram kanaliga marhamat!