Aqlli bola

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir er-xotin bor ekan. Ularning bitta-yu bitta o‘g‘illari bor ekan.Bir kuni xotin og‘ir kasal bo‘lib, o‘lib qolibdi. Ota-bola juda qiynalib qolishibdi. Oxiri bolaning otasi uylanibdi. Olgan xotini juda yomon ekan, o‘gay o‘g‘lini o‘tirsa — davomi…

Kaltaklangan domla

Qadim zamonda bir kambag‘al er-xotin bor ekan, ularning yolg‘iz o‘g‘illari bor ekan.Kunlardan kun o‘tib bola katta bo‘lgach, uni maktabga o‘qishga berishibdi. Bola o‘qib yurganida otasi o‘lib qolibdi. Bola onasining tarbiyasida yura beribdi. Ona o‘g‘lining domlasiga turli-tuman mazali taomlar pishirib yuborib davomi…

Yaxshivoy bilan Yomonvoy

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir shaharda, bir kunda ikki oilada farzand tug‘ilibdi. Birinchisining tug‘ilishi xavo aynigan, yomg‘ir yoqqan paytga to‘g‘ri kelibdi. Shuning uchun unga Yomonvoy deb nom qo‘yishibdi. Ikkinchisi esa yomg‘ir tinib, havo ochilib, oftob chiqqan vaqtda tug‘ilibdi. davomi…

Ustamning haqi ko‘p

O‘tgan zamonda bir temirchi bo‘lgan ekan. Do‘koniga bir qozoq kelib, undan:— Temir o‘choq qancha temirdan yasaladi? — deb so‘rabdi.— Olti pud temirdan bo‘ladi, — debdi usta.Qozoq temirchiga olti pud temir keltirib beribdi. Usta temirni olovga solaverib ozaytiribdi. Qozoq kelib:— O‘choq davomi…

Yakkadikiltak bilan To‘qqizto‘qaltak

Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan, bir kampirniig yolg‘iz o‘g‘li bor ekai. Uning oti Yakkadikiltak ekan. Yana bir kampirning to‘qqizta o‘g‘li bor ekan. Ularni To‘qqizto‘qaltaklar deb chaqirar ekanlar.Yakkadikiltak To‘qqizto‘qaltaklar ham arava yasab, sotishar ekan. Yakkadikiltak yolg‘iz o‘zi to‘qqizta davomi…

Ochko‘z boy

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda, bir shahri azim chetidagi katta bir ko‘lda juda ko‘p baliqlar bor ekan. Lekin bu baliqlarni tutib yeyish juda xavfli ekan. Chunki bu baliqlar ba’zi kunlari zaharli, ba’zi kunlari zaharsiz bo‘lib qolar ekan. davomi…

Har kim qilsa, o‘ziga

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir kampir bor ekan. U kampir bo‘z to‘qib tirikchilik qilar ekan. U doim “Har kim qilsa, o‘ziga” deb yurar ekan. Hatto bo‘z to‘qib o‘tirganda ham shu gapni takrorlayverar ekan. Qo‘ni-qo‘shnilari bu kampirni davomi…

Boyning o‘g‘li

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir boy o‘tgan ekan. U boyning kayf-safoga berilgan, erka bir o‘g‘li bor ekan. Otasi qarib, o‘ladigan vaqtida o‘g‘lini yoniga chaqiribdi-da:— Yolg‘iz bola — “yalmog‘iz bola” degan ekanlar. Sen hech o‘nglanmading. Tirikligimda seni davomi…

Do‘stlar

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, tulki, baqa va kanalar do‘st tutinishgan ekan. Ular safarga otlanishibdi. U zoq yo‘l yurishibdi. Yo‘lda bir to‘p bug‘doy topib olishibdi. Uchovi ham “men olaman” deb talashib, janjallashib qolishibdi. Shunda kana:— Menda bir taklif bor, davomi…