Avtor: Ziyouz.uz
Hazil so‘roqlar va so‘z o‘yini
Nima hamma tilda ham gapiradi?(Aks-sado) Nimaning besh barmog‘i boruLekin birorta ham tirnog‘i yo‘q?(Qo‘lqop) Nimaga odam orqaga o‘girilib qaraydi?(Orqasida ko‘zi yo‘q) Odamzodda nima ko‘p?(Umid, reja) Odamda nima bo‘lmasa, nimali bo‘lmasa, Nima qilmasa yashay olmaydi?(Hunari, ilmi bo‘lmasa, mehnat qilmasa) Dunyoda nima chaqqon?(Fikr) davomi…
Yangi topishmoqlar
Aqlli temir olam kezar.(Er sun’iy yo‘ldoshi) Shoxi bor, ho‘kiz emas, Egari bor, ot emas, Xohlagan manzilingta Yetkazadi, minsang bas.(Raketa) Po‘lat qushim uchdi-ketdi. Bir zum o‘tmay Oyga yetdi.(Raketa) Shamolday uchqur, Yo‘q oyog‘i va qo‘li. Ko‘zga ko‘rinmas, Charog‘on yurgan yo‘li.(Elektr toki) Suv davomi…
Ertakli topishmoqlar
Huroyimning so‘rog‘iga javob Sultonxon degan podsho umrining oxirida Huroyim degan qizga uylanmoqchi bo‘ladi. Sultonxon Huroyimga sovchi yuboribdi.Huroyim qalinimga:O‘nta uloq, Yigirmata bo‘ri, O‘ttizta yo‘lbars, Qirqta tulki, Ellikta no‘xta, Oltmishta axta, Yetmishta sarg‘aldoq, Saksonta chaqaloq, To‘qsonta tumaloq, Yuzta jumaloq bersinva shu so‘zimning davomi…
Har xil topishmoqlar
Dunyoda to‘rt narsa yo‘q.(Ko‘rpaning yengi,Chumchuqnipg suti,Hovuzning qopqog‘i,Toshning tomiri yo‘q) Tog‘da turar, Bog‘da bo‘lar, Suvda suzar, Kulda kular.(Kaklik, bulbul, baliq, bodroq) Tog‘ni talaydi, Elni elaydi, Jarni jalaydi, Suvni suvlaydi.(Jala, shamol, kaltakesak, ilon) Ikki boshli, to‘rt oyoqli, Ikki oyoqli, to‘rt quloqli, Orqasida davomi…
Kema va qurol-yaroqlar
DaryoDaryo ustida bo‘yra.(Qayiq) Yursa izi bilinmas.(Qayiq) Bir eshagim bor hangi,To‘qimlari yangi,O‘t yemaydi, suv ichmaydi.(Qayiq, kema) Top-top, top-top otim, Tuyoqlari yalpoq otim. Odam ko‘rsa kishnamas, Yerdan bir cho‘p tishlamas.(Qayiq, kema) Izlasang izi yo‘q, So‘ysang, qoni yo‘q.(Qayiq) Bolta urdim, Badaxshon ketdi.(Miltiq o‘qi) davomi…
Ot asboblari va yo‘l
Otdan baland,Itdan past.(Egar) Bo‘yi past, Otdan tushmas, Piyoda yurmas. (Egar) Uzun edim kesdilar, Yo‘g‘on edim yo‘ndilar, Ishga loyiq qildilar. (Egar) Tom ustida sandiq.(Egar) Tepdim, Terakka chiqdim. (Otga minish) Tap-tap etib tomga chiqdim.(Otga davomi…
O‘yinlar va o‘yinchoqlar
Uzun terak, uchi mening qo‘limda.(Varrak) Oq g‘ozim uchdi ketdi, Ichagini cho‘zdi ketdi.(Varrak) Osmonda oq eshak, No‘xtasi qo‘limda.(Varrak) Cho‘pchagim cho‘pchak, Oltin belanchak, Yetti qizning onasi, Haligacha kelinchak.(Qo‘g‘irchoq) Tap-tap etadi, Ursam uchib ketadi.(Koptok)
Cholg‘u asboblari
Uzun terak yiqildi, Uchi mening qo‘limda. Zag‘izg‘oni sayraydi,Sochi mening qo‘limda.(Tanbur) Uch ayg‘ir,haydadim tekis yo‘lga,Uchoviga o‘n odamxizmat qilar zo‘rg‘a-zo‘rg‘a.(Dutor) Bogda bulbul sayraydi, Egalari so‘zlaydi.(Dutor) Tomda turib gilam qoqdim.(Nog‘ora) Hasan dorozi bir bukur, Hovliga soladi zikir. Har mo‘ridan tutun chiqsa, Bachchalar tapir-tupur.(Karnay) davomi…
Kitob va yozuv
Daraxt emas, yaproqli, Ko‘ylak emas, etakli, Odam emas so‘zlaydi, Turli kuylar kuylaydi.(Kitob) Ustida qopqoq, Tagida qopqoq, Ichinda yaproq.(Kitob) Tilsiz, aql o‘rgatar.(Kitob) Bodomcha bodomcha bilan, Yetti kalit tom bilan. Ne ko‘zi bor, ne og‘zi bor, So‘ylashadi odam bilan.(Kitob) Oq yer ochdim,Qora davomi…