Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti bilan hamkorlikda mustaqillik yillari O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib etish, dinlararo bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida “Sarhisob” tanlovini o‘tkazadi.
Tanlovga 2014 yilning 1yanvaridan 2014 yilning 21 noyabrigacha gazeta va jurnallarda bosilgan, radio orqali efirga uzatilgan, televideniyada ko‘rsatilgan va Internet tarmog‘ida e’lon qilingan materiallar 2014 yilning 28 noyabiriga qadar qabul qilinadi.
Tanlovda g‘olib deb topilganlar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
Bosh mukofot. Diniy-ma’rifiy mavzudagi eng yaxshi ijodiy ish.
G‘olib maxsus diplom va tashkilotchilarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Asosiy mukofotlar:
Eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (televideniye 1-, 2- va 3-o‘rinlar);
Eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (radio 1-, 2- va 3-o‘rinlar);
Eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (davriy matbuot 1-, 2- va 3-o‘rinlar);
Eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (Internet 1-, 2- va 3-o‘rinlar);
Tele- va radiodasturlarda ishtirok etgan “Eng faol targ‘ibotchi” (1-, 2- va 3-o‘rinlar);
1-, 2- va 3- o‘rinni olgan g‘oliblar diplom va tashkilotchilarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda Internetda e’lon qilingan ishlar taqdim etiladi (3 tadan kam bo‘lmasligi kerak).
Televideniye bo‘yicha videomateriallar, axborot tashuvchi vositaning qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’iy nazar, 5 minutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak.
Radioeshittirishlar (audiokasseta yoki sistemali disk) 5 minutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak.
Matbuot va Internet materiallari davriy nashrning asl nusxasi yoki ko‘chirma nusxasida taqdim etilishi lozim.
Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinadi:
– muallifning ismi-sharifi, o‘z sohasida olib borayotgan faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
– muallifning turar joyi, uy va ish te6lefonlari;
– pasport nusxasi. Tanlovda ishtirok etuvchilarning materiallari O‘zbekiston musulmonlari idorasining Matbuot xizmatiga topshiriladi
Manzil: 100002, Toshkent sh., Qorasaroy ko‘chasi 47- uy.
Tel.: (+998 71) 240-39-33, (+998 71) 150-64-33.
Tanlovda ishtirok etuvchilar sohasi chegaralanmaydi. Tanlov g‘oliblarini mukofotlash marosimi 2014 yil dekabr oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.