«O‘z davrining Batlimusi» deb tanilgan Ali qushchining to‘liq komi Alouddin Ali ibn Muhammad al-qushchi bo‘lib, u Samarqandda tug‘ilib o‘sgan va XV asrda ilmiy faoliyat ko‘rsatgan matematik va astronomlardandir. Uning tug‘ilish sanasi ma’lum bo‘lmasa-da, XIV asr oxiri yo XV asr boshida tug‘ilgan deb taxmin qilinadi. U Ulug‘bek siroyidagi Muhammad ismli ovchi qushlarga qarovchi bir kishining o‘g‘li bo‘lib, shu sababli unga qushchi laqabi berilgan. U otasidan yetim qolganidan so‘ng Ulug‘bekning tarbiyasida bo‘lgani bois, Ulug‘bek uni o‘z «Zij»ining so‘zboshisida «farzandi arjumand» deydi.