Sin’itiro Nakamura. Qo‘rg‘onga yo‘l (hikoya)

— Oyijon, qayoqqa boryapmiz? — so‘radi qizcha onasiga cho‘chinqirab qarab. — Otang boshlab boryapti bizni, — javob berdi onasi. — Ota, biz qayoqqa boryapmiz? — so‘radi qizcha otasidan. — Bir yaxshi joyga. Sen hali tushunmaysan, — uzuq-yuluq javob qildi otasi davomi…

Akutagava Ryunoske. Loyxo‘rak (hikoya)

1-tarjima LOYXO‘RAK Bu voqea 1880 yil may oyida, kechga tomon sodir bo‘ldi. Ikki yil o‘tgach, Yasnaya Polyanaga qayta tashrif buyurgan va shu yerda mehmon bo‘lib turgan Ivan Turgenev hamda qo‘rg‘onning xo‘jayini graf Tolstoy Voronka daryosi ortidagi o‘rmonga loyxo‘rak ovlash uchun davomi…

Yasunari Kavabata. Ko‘zgudagi oy aksi (hikoya)

1-tarjima OYNADAGI OY Bir kuni Kyokoning miyasiga ikkinchi qavatda to‘shakka mixlanib yotgan eriga qo‘loynada tomorqani ko‘rsatish fikri kelib qoldi. Shu bilan bemor hayoti o‘zgarib qoladiganday edi. Lekin o‘rtada boshqa gaplar bo‘lib ketdi. Qanaqa oyna edi o‘zi u? Bu oyna Kyoko davomi…

Akutagava Ryunoske. Rasyomon darvozasi (hikoya)

1-tarjima RASYoMO‘N DARBOZASI Bu rutubatli oqshom chog‘i ro‘y berdi. Qaysidir bir qarol Rasyomo‘n darbozasi panasida yomg‘ir tinishini kutmoqda edi. Darboza panasida qaroldan bo‘lak hech zog‘ yo‘q. Faqat bo‘yog‘i ko‘cha boshlagan yo‘g‘on ustundan chirildoq xonishi taralmoqda. Holbuki, Rasyomo‘n darbozasi ancha-muncha gavjum davomi…

Akutagava Ryunoske. O‘rgimchak uyasining tolasi (hikoya)

1-tarjima O‘RGIMChAK UYaSINING TOLASI 1 Kunlarning birida Budda jannat hovuzining bo‘yida tanho kezib yurardi. Hovuz yuzasi marvariddek oq nilufarlar bilan qoplangan, ularning gulkosalaridan chor atrofga zarif va muattar bo‘y taralar edi. Jannatda tong pallasi edi. Xayollar og‘ushiga cho‘mgan Budda to‘xtadi-yu, davomi…

Yasunari Kavabata. Olovga tomon talpinayotgan ayol (hikoya)

Ko‘l olisdan xira mavjlanib ko‘zga tashlanar edi. U oy yog‘dusiga cho‘mgan ko‘hna bog‘dagi hovuzga jimirlab quyilayotgan suvning rangini esga solardi. Ko‘lning qarama-qarshi qirg‘og‘ida daraxtlar yonardi. Yong‘in ko‘zga urguday shitob bilan yoyilib borardi. Chamasi, o‘rmonga o‘t tushganga o‘xshaydi. Qirg‘oq bo‘ylab tutun davomi…