Umarali Normatov. Jahon yangi she’riyatiga hamohang taronalar (2005)

Bilamizki, o‘tgan asrning 90-yillariga qadar sho‘ro davri she’riyati birinchi navbatda ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy jihatdan tadqiq etilar, ulkan shoirlarning xizmati asosan ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy masalalarni qanday ifoda etganligiga qarab baholanardi; siyosatdan, mafkuradan xoli “sof lirika” hayotdan, hayot haqiqatidan chekinish, shoirning o‘z qalbi qobig‘iga davomi…

Umarali Normatov. Oltin zanglamas (2013)

Asli ismi-sharifi G‘ulom Alimov, adabiy taxallusi esa Shuhrat bo‘lgan benazir ijodkor el-yurtda, adabiyot dunyosida Shuhrat degan nom bilan tanildi. O‘zidan katta ustozlari, shuningdek, tengdoshlari, o‘zidan kichik shogirdlari unga “G‘ulom”, “G‘ulomjon” yoki “G‘ulom aka” deb emas, balki “Shuhrat”, “Shuhratjon”, “Shuhrat aka” davomi…

Umarali Normatov. Eh, bu qizlar, qizlarjon… (2013)

(“Kichik mo‘jizalar” turkumidan) Ulkan adibimiz Asqad Muxtor “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”ga bosh muharrir etib tayinlangan kunning ertasi telefon orqali meni chorlab, bir maslahatli ish borligini aytdi. Bordim. Salom-alikdan so‘ng u darhol ­maqsadga o‘tib, dedi: “Gap bunday. Prozaiklarimizning fikri-xayo­li hozir roman davomi…

Umarali Normatov. Zahmatkash olimning sharafli yo‘li

1972 yilning sentyabri. Milliy universitet o‘zbek filologiyasi fakulteti birinchi kursida hozirgi adabiy jarayon fanidan mashg‘ulotlar boshlaganman. O‘n yildan beri kamina olib boradigan bu kursning bosh vazifasi – filolog talabalarni joriy adabiy jarayon olamiga olib kirish, ularda so‘z san’ati va adabiyotshunoslik, davomi…

Yangi avlod ovozi (Qozoqboy Yo‘ldoshev, Umarali Normatov, Ibrohim G‘afurov) (2013)

XULOSA: Ibrohim G‘afurov javoblari: O‘zbekiston va uning xalqi ko‘z ochib yumguncha Istiqlolning chorak asriga yaqinlashib qoldi. Adabiyotchilar uchun bu endi adabiy jarayonlar borasida masofadan turib fikrlash va ayrim xulosalar chiqarishga imkon beradi. Bugun hamda ertaga qanday yo‘llar, yo‘nalishlarda yozish ma’qul, davomi…

Umarali Normatov: “Hozirgi kunda adabiyotni Internetsiz tasavvur etish qiyin” (2011)

O‘zMU professori Umarali Normatov bilan suhbat — O‘zbek adabiyoti uchun keyingi yillar chinakam jonlanish davri bo‘ldi. Davlatimiz tomonidan adabiyotga, ma’naviyatga juda katta e’tibor berilmoqda. Xususan, Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish, ijodkorlarni rag‘batlantirish, ularga qulay shart-sharoit yaratish borasida talay ishlar amalga oshirildi. davomi…