Mixail Dudin (1916-1993)

Mixail Aleksandrovich Dudin (1916—1993) — rus shoiri, tarjimon, jurnalist, harbiy muxbir. Jamoat arbobi, stsenarist, 70 dan ortiq she’riy kitoblar muallifi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1976), SSSR Davlat mukofoti laureati (1981). SAHNADA Halok etmas mudhish jarohat, Yengajakman manfur o‘limni. … Sahnada bir davomi…

Nikolay Gatsunayev (1933)

Gatsunayev Nikolay Konstantinovich – rus shoiri, fantast yozuvchi va tarjimon. Xiva shahrida tug‘ilgan. Bolaligi Urganchda o‘tgan. Odessa chet tillari institutini tamomlagan. G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti bosh muharriri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Uning «Haqqoniyat», «Alvon bulutlar», «Devqal’a», «Bolalik shahri» davomi…

Evgeniy Yevtushenko (1932-2017)

Evtushenko Yevgeniy Aleksandrovich (1932.18.7, Irkutsk viloyati – 2017.1.04, Talsa, Oklaxoma, AQSh) — rus shoiri. Birinchi she’riy to‘plami «Kelajak razvedkachilari» (1952). Yevtushenko adabiyotni kompartiyaning g‘oyaviy quroliga aylantirmay, asl holiga qaytarishga — insoniyatning madadkoriga aylantirishga harakat qilgan. Eng yaxshi asarlarida murakkab axloqiy davomi…

Aleksandr Pushkin (1799-1837)

Pushkin Aleksandr Sergeevich [1799.26.5 (6.6), Moskva – 1837.29.1 (10.2), Peterburg] — rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi. Otasi Sergey Lvovich kadimgi dvoryanlar qavmidan, onasi Nadejda Osipovna esa Pyotr I qo‘lida tarbiya ko‘rgan habash — A.P.Gannibalning nabirasi bulgan. Pushkinda nafis so‘zga davomi…

Nikolay Rubtsov (1936-1971)

Nikolay Rubtsov 1936 yili Arxangelsk viloyatiga qarashli Yemetsk qishlog‘ida dunyoga keldi. 1940 yili u tug‘ilgan oila Vologdaga ko‘chadi. Urush boshlangan yili otasi frontga jo‘naydi va shu yili janglarda halok bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay onasi hayotdan ko‘z yumadi. Yetim qolgan go‘dak bolalar davomi…