Ajdar O‘l (1958)

Mashhur ozarbayjon shoiri, nosir, dramaturg va tarjimon Jabiyev Ajdar Fayzulla o‘g‘li (Əjdər Ol) 1958 yilda G‘ozimammad shahrida tug‘ilgan. 1979 yilda Ganja davlat pedagogika institutini tamomlagan. Maktabda o‘qituvchi, “Ishiq” (Hyp) nashriyotida musahhih, kichik muharrir, “Shur” nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. She’r, davomi…

Ibrohim Go‘ychoyli (1936-2007)

Xizmat ko‘rsatgan san’at xodimi. Ibrohim Go‘ychoyli (İbrahim Göyçaylı) 1936 yil 12 noyabrda Go‘ychoy tumanining Alikent qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni 1953 yilda tamomlagach, Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetiga kirgan va uni 1958 yilda tamomlagan. Ozarbayjon Davlat nashriyotida muharrir, “Madaniy tijorat” gazetasi davomi…

Fikrat Qo‘ja (1935-2021)

Qo‘jayev Fikrat Go‘yush o‘g‘li (Fikrət Qoca) 1935 yilda Ag‘dash tumanining Kotanarx qishlog‘ida tug‘ilgan. Ozarbayjon xalq shoiri, xizmat ko‘rsatgan san’at xodimi. 1964 yilda Moskvadagi Gorkiy nomli Adabiyot institutini bitirgan. “Ozarbayjon yoshlari” gazetasi va “Ozarbayjon” jurnalida ishlagan. Bir qator poemalar va qissalar, davomi…

Madina Gulgun (1926-1992)

Madina Gulgun (Mədinə Gülgün) Bokuda tug‘ilgan. Ozarboyjonda xizmat ko‘rsatgan san’at xodimi. 1938 yilda uning oilasi Janubiy Ozarboyjonning Ardabil shahriga ko‘chgan, keyin Tabrizda yashagan. Bo‘lg‘usi shoira Tabriz drama teatrida, “Ozarboyjon” gazetasida ishlagan. Ozarboyjon Pedagogika institutini bitirgan. Ilk she’rlari Tabrizda ekanida gazetalarda davomi…

Bolosh Ozaro‘g‘li (1921-2011)

Abizoda Bolosh Alloh Bahish o‘g‘li (Balaş Azəroğlu) Ozarboyjon xalq shoiri. 1938 yilda oilasi bilan Janubiy Ozarboyjon(Eron)ning Ardabil shahriga ko‘chib ketadi. U yerda fors boshlang‘ich maktabida tahsil oladi. Milliy ozodlik harakatiga (1941) qo‘shiladi. Eron xalq partiyasiga (1942) kirdi. “Ozarboyjon antifashist jamiyati” davomi…

Mammad Rahim (1907-1977)

Husaynov Mammad Abbos o‘g‘li (Məmməd Rahim) Ozarboyjon xalq shoiri, xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Arman istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Bokuda baqqol oilasida tug‘ilgan. Ozarboyjon pedagogika institutining sharqshunoslik fakultetini bitirgan. Ilk she’riy kitobi “Orzular” (1930) bosilgan. Yozuvchilar uyushmasida (1938— 1940), mudofaa davomi…

Zinaida Bikova (1940)

Zinaida Bikova 1940 yilda tug‘ilgan. Ukrainaning Chernovtsi shahrida yashaydi. Kasbi o‘qituvchi. She’rlari “Arion”, “Znamya”, “Drujba narodov” jurnallarida bosilib turadi. “Tinch davlat”, “Ko‘rinmas qushlar” she’riy kitoblarning muallifidir. * * * Mayli yog‘aversin yana jala, qor, Loylansin qishloqning jin ko‘chalari. Shamolda qaltirab davomi…

Yunus Emro (1240-1320)

Yunus Emro (Yunus Emre) 13 asrda yashagan turk shoiri. Uning hayoti haqida ma’lumotlar juda kam bo‘lsa-da, she’rlari butun turk diyorlarida juda mashhur, oradan o‘tgan salkam yettiyuz yil mobaynida sharq xalqlarining eng suyukli shoirlaridan biriga aylandi. Ba’zi manbalardan va she’rlaridan uning davomi…

Shoh Ismoil Xatoiy (1486-1524)

Ozarbayjon mumtoz adabiyotning atoqli namoyandalari orasida Shoh Ismoil Xatoiyning (Şah İsmayıl Xətai) munosib o‘rni bor. Ozarbayjon safaviylar davlatining bunyodkori sifatida shuhrat qozongan Shoh Ismoilning siyosiy faoliyati, madaniyatni ravnaq topdirish sohasidagi xizmatlari uning badiiy ijodi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shoh Ismoil 1486 davomi…