Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki, nishona anga iymon erur. Alisher Navoiy
Kimki jahon ahlida inson erur,Bilki, nishona anga iymon erur.Alisher Navoiy
Kimki jahon ahlida inson erur,Bilki, nishona anga iymon erur.Alisher Navoiy
Gar oshiq esang, zebu takallufni unut,Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut.O‘tgan gar erur yamon — taassufni unut,Kelgan gar erur yaxshi — tasarrufni unut.Alisher Navoiy
El qochsa birovdin, el yamoni bil oni,Ahvolida idbor nishoni bil oni.Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni,Olam elining yamon-yamoni bil oni.Alisher Navoiy
Kamol et kasbkim, olam uyidinSango farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.Jahondin notamom o‘tmak biayni,Erur hammomdin nopok chiqmoq.Alisher Navoiy
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish.Alisher Navoiy
Onalar oyog‘i ostidadurRavzayi jannatu jinon bog‘i.Ravza bog‘i visolin istar esang,Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i.Alisher Navoiy
Yigitlikda yig‘ ilmning maxzani,Qarilik chog‘i sarf qilg‘il ani.Alisher Navoiy
Sen agar tarki tama’ qilsang, ulug‘ ishdur bukim,Olam ahli barcha bo‘lg‘ay bir taraf, sen bir taraf.Alisher Navoiy
Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.Alisher Navoiy
Bu korgahda xato kelmadi chu bir sari mo‘y,Xato mening nazarimdandur, xato ko‘rsam.Alisher Navoiy