Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir. Gyugo
Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir.Gyugo
Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir.Gyugo
Kitoblar bizning eng so‘nggi do‘stlarimizdir, ular bizni aldamaydi, hamisha yonimizda turadi va keksayganimizda ham malomat qilmaydi.Fage
Kitob o‘qishdan ko‘ra arzon ko‘ngilxushlik va ayni paytda, uzoq davom etuvchi orom bo‘lmasa kerak.Montegyu
Ochganingda huzurlanib, yopganingda ruhan boyligingni his etgan kitobgina yaxshi kitobdir.Olkott
Qo‘lga tushganini emas, obdon tanlab — saralab o‘qing. Did va tafakkuringizni tarbiyalang.Turgenev
Bobokalonlarimiz kitob topishga qiynalar edilar: hozir esa biz kitob tanlashga qiynalamiz. Mutolaa uchun juda ziyrak bo‘lmoq kerak.Lebbok
Sizni o‘ylashga majbur etadigan kitoblargina eng nafli kitoblardir.Parker
Haqiqiy bilim orttirmoq uchun odam yaxshi kitoblarni, ya’ni yaxshi, aqlli kishilar va chinakam donishmandlar yozgan kitoblarni tanlamog‘i lozim.Chenning
Hamma narsani o‘qiyverish yaramaydi, dilda tug‘ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o‘qish kerak.Lev Tolstoy
Vaqt borida shoh asarlarni o‘qib qoling, aks holda, bunga ulgurmaysiz!Toro